Ostona va Toshkent hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolaydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDvores Prezidenta "Ak orda" v Astane
Dvores Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Nazarboyev va Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tadi hamda qozoq-o‘zbek biznes forumi o‘tkaziladi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish haqida deklaratsiya imzolashadi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovga asoslanib.

Mirziyoyev 22-mart kuni ilk davlat tashrifi bilan Ostona shahriga tashrif buyurdi. Bugun Nazarboyev va Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tadi hamda qozoq-o‘zbek biznes forumi o‘tkaziladi.

V Astanu s gosudarstvennim vizitom pribil Prezident Respubliki Uzbekistan Sh.Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Ostonada tantanali ravishda kutib olindi

"Bu O‘zbekiston prezidentining mazkur lavozimga saylanganidan so‘ng amalga oshirayotgan ilk davlat tashrifidir. Qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik hamkorlik va qo‘shnichilikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolanadi", — dedi Abdraxmanov.

"Iqtisodiy hamkorlik borasida iqtisodiy hamkorlik strategiyasi haqidagi hujjat ulkan ahamiyat kasb etadi. Mazkur hukumatlararo hujjat 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan", — dedi u.

Vazirning aytishicha, ikki mamlakat ishbilarmon davralari uchun ikki tomonlama soliq solishdan voz kechish haqidagi kelishuvga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish muhim o‘rin tutadi.

Ikki mamlakat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik haqidagi hujjatni imzolashadi hamda harbiy-texnik hamkorlik haqidagi hujjat e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0