Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifini boshlamoqda

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22-mart kun rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga yo‘l oladi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Tomonlar qator ikki tomonlama hujjatlar va tijoriy bitimlarni imzolashni rejalashtirishgan. Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari muhokama etiladi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu tashrif yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo mazmunga ega bo‘lgan ko‘plab hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan. Bu o‘zbek-qozoq hamkorligini yangi darajaga olib chiqishi kerak.

Chegara o‘tkazish punkti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari uchun chegaradan o‘tish soddalashtiriladi
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari davlat rahbarlarining e’tiboridan chetda qolmaydi.

"Davlat rahbarimizning Ostonaga safari doirasida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining qo‘shma biznes-forumini o‘tkazish rejalashtirilgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
"O‘zbek delegatsiyasi tarkibida iqtisodiyotning yengil, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, kimyo, tog‘-kon va neftgaz sanoati vakillari bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat rahbari Qozog‘istonga tashrifi arafasida "Kazinform" davlat axborot agentligiga o‘zining ilk intervyusini bergan. Mirziyoyevning qayd etishicha, Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Biroq, ikki mamlakat ko‘plab salohiyatlaridan foydalanmayapti.

O‘zbekiston tomonining statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2 mlrd dollardan oshgan, 2017-yilda bu raqamni 2,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0