Qozog‘iston TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishQozog‘iston TIV rahbari Yerlan Idrisov
Qozog‘iston TIV rahbari Yerlan Idrisov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida Idrisov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek Tashqi ishlar vazirligida ham ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov 22-dekabr kuni Toshkentga keladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

“Yigirma ikkinchi dekabr kuni Toshkentga ishchi tashkriq bilan Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov tashrif buyuradi”, — deyilgan xabarda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif davomida Idrisov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek Tashqi ishlar vazirligida ham ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0