Kamilov Qozog‘iston va O‘zbekistonning bo‘ladigan narsasi yo‘qligini ma’lum qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha intervyu berdi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti 22-23 mart sanasida Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikka doir 13 hujjat imzolandi.

Uzbekistan - Kazaxstan sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda qanday shartnomalar imzoladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mazkur tashrifi yakunlari to‘g‘risida "O‘zbekiston" telekanaliga intervyu berdi.

Kamilov intervyu davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari uchrashadigan bo‘lsa, bunga nisbatan OAVlarda turli izohlar chiqishini aytib o‘tdi.

"Bularni orasida, ayniqsa G‘arb davlatlari orasida chiqqan kommentariylar shundan iboratki, xuddiki Qozog‘iston va O‘zbekiston orasida doimo qandaydir musobaqa bor. Endi bunga hech qanday asos yo‘q, nega deganda, mana bizni iqtisodlarimiz bir-birini to‘ldiradi, siyosiy sohada bizni dunyoqarashimiz, bizni munosabatlarimiz — hammasi bir-biriga yaqin. Madaniy-gumanitar aloqalarni olsangiz, mana ko‘p gapiramiz biz, tilimiz bir, dinimiz bir, dilimiz birdir, shuni uchun qardoshmiz. Shuni uchun biz bir-birimizga juda yaqin xalqlar bo‘lamiz", — dedi Kamilov.

O‘zbekiston TIV rahbari prezident Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi davomida Qo‘shma deklaratsiya, Abadiy do‘stlik shartnomasi, strategik sheriklik shartnomasi hamda umumiy qiymati taxminan 1 mlrdlik 90ga yaqin shartnomalar imzolanganini ta’kidlab, bu juda mustahkam asos bo‘lishini qayd etdi.

Intervyu to‘liq shaklda vazirlik saytida taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0