TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Qozog‘iston o‘zbek avtomobil sanoati bilan hamkorlikda yig‘ish korxonasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, bugun Qozog‘iston tashqi savdo palatasi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Ishchi kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolanadi. Kengash har ikki davlat ishbilarmonlarini barcha tadbirlar, forumlar hamda ishchi uchrashuvlari haqida xabardor etish bo‘yicha tizimni yaratish imkonini beradi.
Uchrashuv davomida qayd etilishicha, bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi taxminan 1,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Yaqin yillarda bu raqamni 5 milliardga qadar oshirish rejalashtirilmoqda.