Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib berishga tayyor

© Sputnik / Alexander Vilf / Mediabankka o‘tishVid na jeleznuyu dorogu
Vid na jeleznuyu dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya nefti Chimkentgacha quvur orqali, keyin neft quyadigan estakada yordamida, vagon-sisternalarga quyilib O‘zbekistonga olib boriladi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. «KazMunayGaz» (KMG) milliy neft-gaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkizib berishga tayyor, deb xabar qildi Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumabayev.

Vazir aytishiga qaraganda, Rossiya nefti Chimkentgacha quvur orqali yetkizib beriladi, undan keyin esa neft quyadigan estakada yordamida, vagon-sisternalarga quyilib O‘zbekistonga olib boriladi.

"Hozir O‘zbekistonga o‘tgan quvur ishlamaydi. U eskirgan va to‘xtatib qo‘yilgan, shuning uchun hozir faqat neft quyish estakadasi orqali vagon-sisternalar bilan yetkizib berish mumkin. Omskdan Pavlodar viloyatigacha kelgan neft quvurining  quvvati 1 mln tonnagacha. Biz shuncha neft yetkizib berishimiz mumkin", — deb izoh berdi Bozumbayev.

Energetika vaziri aytishiga qaraganda, agar O‘zbekiston tomoniga katta hajmda neft kerak bo‘lsa Qozog‘iston neft quvurini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishi ham mumkin.

Neftni qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom neft" O‘zbekistonga neft yetkizib berishni boshladi

"Agar O‘zbekistonga ko‘proq neft kerak bo‘lsa, neft quvurini tiklashga to‘g‘ri keladi. Unday holda O‘zbekiston kafolatlangan hajmlarda neft olishi kerak bo‘ladi", — dedi vazir.

O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali Rossiya neftini yetkizib berishga doir shartnomalar Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilgan. Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0