Mirziyoyev: Qozog‘iston bizning eng yaqin ishonchli qo‘shnimiz

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ham yuqori baholadi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning BMT xavfsizlik kengashidagi ikki yillik a’zolik davrida afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha choralar qabul qilinishiga ishonch bildirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

"Bu Sizlarning sa’y-harakatingiz, Sizlarning tashabbusingizdir va O‘zbekiston bularning barchasini doimo qo‘llab-quvvatlaydi… Afg‘onistondagi barqarorlik, tinchlik bizning mintaqamiz, ayniqsa Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun judma muhim", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ham yuqori baholadi.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: bugun deyarli milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

"Mamlakatlarimiz o‘rtasida ilk marta savdo-iqtisodiy aloqalar mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi: bugungi forumda O‘zbekistondan 250 nafar tadbirkor qatnashadi. Siz aytganingizdek, qariyb bir milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston yetakchisi.

U shuningdek, qisqa muddat ichida hududiy hamkorlikka katta e’tibor qaratilganini qayd etib o‘tdi: Qozog‘istonning uch viloyati rahbarlari O‘zbekistonga delegatsiyalari bilan tashrif buyurishdi, O‘zbekistondagi viloyatlar hokimlari Qozog‘istonda bo‘lib qaytishdi.

"Siz bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich bilan ushbu ko‘prikka asos soldingiz va bu ko‘prik mustahkamlanib boradi. Nursulton Abishevich, biz Qozog‘istonga har doim eng yaqin ishonchli qo‘shni sifatida qaraymiz", — dedi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashrifi Qozog‘istonga davlat rahbari sifatidagi ilk tashrifidir. Tashrif davomida davlat rahbarlari hamda vazirliklar darajasidagi qator hujjatlar imzolanadi.

Yangiliklar lentasi
0