Qirg‘izistonda 15-oktabrda bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovida 11 nomzod ishtirok
etmoqda, lekin ayni damda ulardan 3 nafari o‘z nomzodlarini ro‘yxatdan
olib tashlash istagini bildirishdi. Bugun saylovchilarga beriladigan
bulletenlarda Kamchibek Tashiyev va Bakit Torobayevlarning familiyalari chizib
qo‘yilgan. Yana bir nomzod Azimbek Beknazarov prezident saylovida ishtirok
etmasligini kech ma’lum qilgani tufayli, uning familiyasi bulletenda
ko‘rsatilgan.
Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti bir marotaba 6-yilga saylanadi va ikkinchi bor saylovda ishtirok etish huquqiga ega emas.