Qirg‘izistonda saylovoldi fitnalar boshlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina schitayet dengi
Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti saylovi ko‘ngildagidek o‘tmagan taqdirda yollangan jinoiy guruhlar yordamida, ommaviy tartibsizliklar uyushtirib, hukumatni kuch bilan egallab olmoqchi bo‘lgan deputat qo‘lga olindi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda prezident sayloviga sanoqli kunlar qolgan bir vaqtda, kutilmagan voqea sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

YouTubeda paydo bo‘lgan videorolikda Qirg‘iziston Jogorku Kenesh deputati Kanat Isayev, prezident saylovi natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmagan taqdirda, odam jamlash, tartibsizliklar uyushtirish va hukumatni egallab olish maqsadida, jinoyatchi guruh vakiliga 1 mln som naqd pul berotgani aks etgan. Voqea 30-sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Qirg‘iziston Milliy xavsizlik davlat qo‘mitasi deputat Isayev ushbu ishni prezidentlikka nomzod Omurbek Babanov foydasiga amalga oshirmoqchi bo‘lgan, deb xabar qildi.

"Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Omurbek Babanovning tarafdori bo‘lgan deputat Isayev, hukumatni kuch bilan egallab olish maqsadida, yoshlarni, jumladan jinoyatchi guruh vakillarini jalb qilish va pulga sotib olish bilan shug‘ullangan. Ularni saylovdan keyin, saylov natijalari qalbaki degan bahona asosida, noqonuniy namoyishlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan", — dedi Qirg‘iziston Milliy xavsizlik davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Raxat Sulaymonov.

Ayni damda deputatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, Kanatbek Isayev va bir necha jinoiy guruh vakillari hibsga olingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qirg‘iziston siyosiy partiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘zistonda prezident saylovi 15  oktabrda bo‘lib o‘tadi. Ayni damda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni 20dan oshib ketgan. Ular orasida uch nafar nomzod yetakchilik qilmoqda: Omurbek Babanov — "Respublika-Atajurt" uyushmasi nomzodi, Sariyev Temur Argembayevich — "Akshumkar" partiyasi nomzodi va amaldagi hukumat partiyasi bo‘lgan "Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi" nomzodi — Jeenbekov Sooronbay Sharipovich.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, ayni damda Omurbek Babanovni aholi orasida ko‘pchillik qo‘llab quvvatlamoqda. Balkim shu sabadandir, oxirgi bir-ikki hafta ichida raqiblari tomonidan Babanovga nisbatan turli xil "hujumlar" soni keskin oshdi. Birovlar — u toza qirg‘iz emas (onasi boshqa millatdan) shuning uchun prezident bo‘la olmaydi desa, boshqalar — u Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi, demak u Qozog‘iston manfaatiga xizmat qiladi deb mish-mishlar tarqatmoqda. Yuqoridagi voqea haqiqatmi yoki prezident saylovi oldidan puxta uyushtirilgan fitna, buni vaqt ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0