Dunyoda

Qozogʻiston va Qirgʻiziston chegarasida ulkan navbatlar hosil boʻlmoqda

© Sputnik / Foto ochevidtsa / Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse
Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegarasida roʻy berayotgan vaziyat ustidan shikoyat qilishmoqda. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston tomon qirgʻizistonliklar uchun chegaradan oʻtishni qiyinlashtirgan, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston nashri

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Qozogʻiston bilan chegarada kuchaytirilgan tartibda xizmat joriy etilgan, deb xabar qildi Qirgʻiziston Respublikasi Chegara oldi xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qozogʻiston TIV Atambayevning bayonotidan keyin keskin norozilik bildirdi

Qirgʻiziston Chegara oldi xizmati maʼlumotlariga koʻra, kuchaytirilgan xizmat turi 10 oktyabr kuni 18.00dan qozogʻistonlik chegarachilar tomonidan kiritilgan. Shu munosabat bilan ayni vaqtda Qirgʻizistonning Qozogʻistonga oʻtish chegara qismida fuqarolar, yuk mashinalaridan iborat ulkan navbat kuzatilmoqda.

Qirgʻiziston chegara oldi xizmati chegara nazorati davomida Qirgʻiziston tomondan hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaganini maʼlum qilgan.

"Oq Jol" chegara-oʻtkazuv punktida soatlar navbatda turishga majbur boʻlayotgan yoʻlovchilar ikki davlat rahbariyatiga oʻz noroziliklarini bildirishmoqda, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0