Konstitutsiya loyihasi matni e’lon qilindi — hujjat qachon kuchga kiradi?

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Senat Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining matnini ma’qulladi. Qonun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasining to‘liq matni e’lon qilindi. Loyiha matni Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan.
Hujjatga ko‘ra, referendum 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Referendumda ovoz berish bulleteniga quyidagi matndagi masala kiritiladi:
“Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”.
Endi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan qonun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy qonun matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqish mumkin. Shuningdek, qonun loyihasi “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalarining bugungi sonida e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0