Askar Akayev: Qirg‘iziston revolyutsion rivojlanish yo‘lidan borishi kerak

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy ekonomicheskiy forum
Moskovskiy ekonomicheskiy forum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi prezident - Qirg‘iziston iqtisod va maorif tizimini olg‘a qadamlar bilan, revolyutsion uslubda rivojlantirish kerak, deb hisoblaydi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik.  Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayev Sputnik studiyasi mehmoni bo‘ldi.

Sobiq prezidenti yaqinda o‘zining yangi kitobini nashrdan chiqardi.  Uning nomi "Qirg‘iziston tezkor rivojlanish strategiyasi" deb atalgan bo‘lib unda 2033-yilda Qirg‘iziston qanday mamlakatga aylanishi mumkinligi haqida hikoya qilib berilgan. 

Asqar Akayevning fikriga ko‘ra, bugun dunyo globallashib bormoqda. Ilmiy-texnik yutuqlardan dunyoning istalgan nuqtasidan turib foydalanish mumkin, xoh u rivojlangan mamlakat xoh qoloq mamlakat hududi bo‘lsin.

Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimi qanaqa?

Birinchi prezident — Qirg‘izistonda birinchi navbatda iqtisod va maorif tizimini olg‘a qadamlar bilan, revolyutsion uslubda rivojlantirish kerak, deb hisoblaydi.

Bu borada Akayev Finlyandiyani misol qilib ko‘rsatdi. Sobiq prezident aytishiga qaraganda, bir vaqtlar Yevropaning eng qoloq mamlakati bo‘lgan Finlyandiya, faqatgina maorif tizimini keskin yaxshilash evaziga, bir avlod umiri davomida butunlay boshqa mamlakatga aylandi. Bugungi kunda Finlyandiya Yevropaning iqtisodiy va ijtimoiy tomondan eng rivojlangan  mamlakatlaridan biridir, finlarning ta’lim tizimi esa — dunyoda eng yaxshi deb tan olingan.

Shuningdek, Askar Akayev Qirg‘izistonda oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda oktabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 13ta nomzod ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan uch nafari yetakchilik qilmoqda.  Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident 6-yilga saylanadi va qayta saylovda ishtirok eta olmaydi.

Akayev prezident saylovida shunday kuchli raqobat borligini juda yaxshi deb baholadi.

"Shunday kuchli raqobat borligi bu yaxshi, bu xalq uchun tanlov imkoniyati bor degani. Bu juda yaxshi. Ikkinchidan, yetakchi nomzodlarning uch nafari sobiq bosh vazir lavozimida ishlagani ham juda yaxshi. Demak ular boshqaruvchilik tajribasi bor va ular prezident bo‘lishga tayyor", — dedi Askar Akayev.

Qirg‘iziston birinchi prezidentining fikriga ko‘ra, kollektiv aql to‘g‘ri qaror qabul qilishga qodir va u mamlakat uchun eng kerak bo‘lgan prezidenti tanlaydi.

Bugungi kundan Qirg‘izistonning eng asosiy muammolari nimada?

1. Populist-siyosatchilar ko‘pligi. Qirg‘izistonda ayrim siyosatchilar, amalga oshirib bo‘lmaydigan ishlarni va’da berishadi. Odamlar esa ularga ishonishadi va ovoz berishadi, natijada — eski hammom, eski tos.  Ushbu saylovda umid qilamanki Qirg‘izistonga realist-siyosatchi prezident bo‘ladi va xalqni barcha qiyinchiliklarni mehnat va ter to‘kish bilan yengishga chaqiradi. Bizga real-poltiklar kerak.

Zaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova - Sputnik O‘zbekiston
Kecha qo‘lga olingan terrorchi sobiq Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi

2. Jamiyatning islomlashib ketishi 

Qirg‘izistonda hayotining barcha jabhalarida islomlashish jarayoni chuqurlashib bormoqda. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Qirg‘iziston xalqi har doim liberal islomga e’tiqod qilgan. Qirg‘iz ayollari hatto feodal jamiyatda ham paranji kiymagan. Bugun esa, Bishkekda har uch ayoldan biri paranjida yurar ekan. Men sog‘lom islom tarafdoriman, radikallashuvga qarshiman. Chunki bu yaxshilikka olib kelmaydi. Umid qilamanki, yangi prezident mamlakatni dunyoviy yo‘ldan olib boradi. Radikal islom g‘oyalari hayotni qamrab olishiga yo‘l qo‘ymaydi.

3. Jamiyatning tarqoqligi. Davlatda tarqoqlikka qarshi kurashish lozim. O‘n yil prezidentlik davrimda  janub va shimolni birlashtirishni o‘zimning asosiy vazifam deb bilganman. Oxirgi paytlar nafaqat siyosiy elitada, xalq orasida ham bo‘linishni his qilayapman. Bu xavfli.

Agar biz mana shu uch muammoni yengib o‘ta olsak Qirg‘iziston erkin va tez rivojlanishi yo‘liga kirishi mumkin, dedi Askar Akayev.

Eslatib o‘tamiz, Askar Akayev 1990-2005 yillardar Qirg‘iziston prezidenti, Texnik fanlar nomzodi va MGU o‘qituvchisi.

Yangiliklar lentasi
0