Atambayev saylovlardan so‘ng Qirg‘izistonda beqarorlikdan hadiksirayapti

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tish9 iyunya 2017. Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v uzkom sostave.
9 iyunya 2017. Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v uzkom sostave. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda prezident sayloviga 24 nafar nomzod qo‘yilgan

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev joriy yil 15-oktabr kuni bo‘ladigan prezident saylovlari natijalari bo‘yicha respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevni 6-sentabrda Qirg‘izistonda kutishmoqda

Bugungi kunda prezident sayloviga 24 nafar nomzod qo‘yilgan. Avval ularni soni 59 nafar bo‘lgan.

Qirg‘iziston ijtimoiy demokratik partiyasi siyosiy kengashi tomonidan sobiq bosh vazir Sooranbay Jeenbekov nomzodi qo‘yilgan. Uni Atambayev qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Hozir mamlakatda tebranishlar bo‘lmoqda. Hukumat saylovdan so‘ng vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni oldini olish ma’muriy choralarni qo‘llamoqda. Men shu yil 1-dekabrgacha respublika prezidenti hisoblanaman. Bu vaqt mamlakatimizni yana notinchliklarga qaytarmoqchi bo‘lganlarni jazolashga yetadi. Ayniqsa, meni xalq qo‘llab quvvatlayotgan paytda. Biz shunday qiyinchiliklar, cheklovlar vv talofatlar bilan yo‘limizni topdik. Lekin oldingi tartiblarni istaydiganlar ham bor. Qirg‘izistondan tijorat manbai, uning tabiiy boyliklari, insonlar fojealaridan foyda ko‘rishni istaydigan kuchlar bor. Bunga aslo yo‘l qo‘ymaymiz", — dedi jurnalistlarga Atambayev.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Atambayevning prezidentlik vakolatlari shu yil 1-dekabrda yakunlanadi va konstitutsiyaga asosan u qayta prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0