Qirg‘iziston prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovVibori prezidenta Kirgizii
Vibori prezidenta Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektron hisoblash qurilmalari bilan jihozlangan saylov uchastkalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Sooronbay Jeenbekov 52% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Bugun Qirg‘izistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Ayni damda Qirg‘iziston markaziy saylov qo‘mitasi saylovning dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu natijalar elektron hisoblash qurilmalari bilan jihozlangan saylov uchastkalaridan avtomatik ravishda olingan ma’lumotlarga asoslangan. Yakuniy natijalar barcha bulletenlar hisoblab chiqilganidan keyin e’lon qilinadi.

Dastlabki hisob-kitoblar quyidagi natijani ko‘rsatgan: Sooronbay Jeenbekov — 52,77 %, Omurbek Babanov — 35,62 %, Adaxan Madumarov — 6,54 va Temir Sariyev — 2,82% ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.

Qolgan barcha nomzodlar 1%dan kam ovoz to‘plashgan. Saylovchilarning 0,62 %i — hammaga nomzodlarga qarshi ovoz bergan.  

Markaziy saylov qo‘mitasi rasmiy xabarlariga ko‘ra, 3 025 768 nafar fuqaro Qirg‘iziston prezident saylovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan. Saylov kuni soat 17:00 holatida ushbu fuqarolardan 40%, ya’ni 1 213 803 nafari saylovda ishtirok etgan.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0