AQSh Qirg‘izistondagi saylovlarga tashqaridan aralashmoqda — ekspert

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kirgizstana
Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning fikricha, AQSh jahon siyosatiga, xususan, Markaziy Osiyodek muhim mintaqaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan hech qachon voz kechmaydi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘iziston TIV Diplomatik akademiyasining xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Azamat Karagulov AQSh jahon siyosatiga u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi.

U jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Fransiyaning IFop kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga izoh berdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, yevropaliklarning aksariyat qismi boshqa mamlakatlardagi saylovlarga Rossiya emas, AQSh aralashadi deb hisoblaydi.

Golosovanie - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga ko‘proq aralashadi?

Karagulov so‘rov natijalari haqiqiy vaziyatni ifodalashini, bunga qo‘shilish mumkinligini bildirdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

"AQSh ulkan siyosiy, zaxira va boshqa salohiyatlarga ega. U albatta jahondagilarning fikrlashiga ta’sir ko‘rsatadi va u yoki bu davlatdagi jarayonlarga qandaydir tarzda aralashadi. Bu yangilik emas va ushbu siyosat davom etishi tushunarli", — dedi Karagulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Markaziy Osiyodagi faolligi so‘nggi vaqtda susaygan.

"2005 yildan buyon faollik susaymoqda. Gansi aviabazasining yopilishi AQShning Qirg‘izistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri susayishiga olib keldi. Ko‘pchilikda hatto amerikaliklar biz haqimizda unutib qo‘ydi degan tasavvur hosil bo‘lmoqda", — dedi ekspert.

U bunday fikr xato ekanligini aytdi – AQSh jahon siyosatiga, xususan, Markaziy Osiyodek muhim mintaqaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidan hech qachon voz kechmaydi.

Gosdep podtalkival Uzbekistan k konfliktu s Kirgizstanom — Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambayev

"Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari arafasida AQShning siyosiy jarayonlarga u yoki bu tarzda ta’siri mavjud. Albatta, hozirda bu ta’sir ko‘rsatuvchi agentlar, nohukumat tashkilotlari va boshqa vositalar orqali qilinmoqda", — dedi Karagulov.

Ekspert amerikaliklar Yevropadagi vaziyatni ham diqqat bilan kuzatishlarini ta’kidladi.

"Hozirda AQSh Yevropadagi jarayonlarga nisbatan ta’sirni pasaytirdi degan fikrlar yangrayotgan bo‘lsa-da, aslida bunday emas. Amerikaliklar barmog‘i Yevropa tomirida turadi va birinchi bo‘lish borasidagi global maqsadlaridan voz kechishmaydi", — dedi ekspert.

U G‘arb mamlakatlarida Rossiyani dushman sifatida ko‘rish odati mavjudligini, Rossiyani barcha gunohlarda, jumladan AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblashlarini e’tirof etdi.

"Bu G‘arb manfaatlari yo‘lida ishlatiladigan taktik usul ekanligi tushunarli. Bunda Kreml aytayotgan tashqi siyosat tamoyillari shunchaki rad etiladi. Bu AQSh va Rossiya qarama-qarshiligi natijasi ekanligi aniq-ravshan", — dedi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomada  Germaniya, Buyuk Britaniya va Polshadan yoshi 18dan katta bo‘lgan 3228 nafar kishi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0