TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bakit Tolkanov. Sputnik Qirg‘iziston tahririyati tomonidan qaysi holatlarda ikkinchi bosqich saylovlari o‘tkazilishi, uning o‘tkazish tartibi va hususiyatlari tahlil qilib chiqildi.
Birinchi bosqich sanalari
Birinchi bosqichda saylovchilarning yarimidan ko‘p ovozi ega bo‘lgan nomzod saylangan prezident hisoblandi:
— 4 noyabrgacha — saylov natijalarini e’lon qilishning eng yakuniy muddati (15 oktabrdan 20 kalendar kun ichida);
— 7 noyabrgacha — saylov natijalarini rasmiy e’lon qilishning yakuniy muddati (3 kun muddatdan so‘ng);
— 7 dekabrgacha — saylangan prezident qasamod qabul qilishi zarur (saylov natijalari rasmiy e’lon qilingandan so‘ng 30 kun ichida).
Ikkinchi bosqichning muddatlari
Agarda hech qaysi nomzod saylovchilarning yarmidan ko‘p ovozini to‘play olmasa ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Agarda saylov yakuniy natijalari 3-noyabrda (yakuniy sana) tayyor bo‘lsa shunda 18 sanagacha ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Shunda 8-dekabr kuni yakuniy saylov natijalari to‘liq hisob-kitob qilinishi kerak. Shunda 10-dekabrda saylov natijalari rasmiy e’lon qilinadi.
10 yanvargacha saylangan prezident qasamod qabul qilishi kerak bo‘ladi (saylov natijalari rasmiy e’lon qilingandan so‘ng 30 kun ichida).
Ikki bosqichning sanalari aniqmi?
Ko‘p hollarda eng oxirgi sanalar belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda nechta nomzod ishtirok etadi?
Ikkinchi bosqichga eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod chiqadi. Lekin bir nozik hususiyat bor: agarda ulardan kimdiri o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechsa, uning o‘rniga birinchi bosqich natijalariga ko‘ra uchinchi o‘rin egallagan nomzod o‘tadi. Shu bilan, ko‘pchilik nomzodlar voz kechsa, nazariy jihatdan ikkinchi bosqichda birinchi va oxirgi o‘rin olgan nomzod ishtirok etishi mumkin. Agarda boshqa nomzodlar qolmasa, ikkinchi bosqich saylovi bir nomzod bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda g‘alaba qozonish uchun qancha ovoz olish kerak?
Saylovchilarning oddiy ko‘pchilik ovozini olish kerak. Masalan, nomzod A. — 40 foiz ovoz olgan bo‘lsa, ikkinchi da’vogar B. — 30 foiz ovoz olsa, qolganlar esa "barchaga qarshi" ovoz bersa yoki saylov bulletenlar buzilgan hollarda, shunda nomzod A. g‘alaba qozongan va saylangan prezident hisoblanadi.