TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Soronbay Jeenbekov uni markaziy saylov komissiyasi rasmiy ro‘yxatga olgach u iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
"Men faqat saylov vaqtida bosh vazir lavozimida qolishim mumkin edi. Bu haqda hamkasblarim ham aytishgan. Lekin men barcha nomzodlar bilan bir xil bo‘lishga qaror qildim. Bugun vakolatlarimni tugatilishi haqida iltimosnoma yozaman. Hozir hukumat yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rapmiz. Tushlikdan so‘ng arizamni prezidentga topshiraman", — degan jurnalistlarga Jeenbekov.
Jeenbekov, shuningdek, prezident etib saylanadigan taqdirda Almazbek Atambayevning siyosatini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda prezident saylovlari joriy yilning 15-oktabr kuni o‘tkaziladi.