TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Kuni kecha Qozog‘iston prezidenti Qirg‘iziston prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygan Omurbek Babanov bilan uchrashdi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuv bo‘yicha Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi, ushbu uchrashuvni Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashish sifatida qabul qildi.
"Vazirlik Qozog‘iston prezidenti N.A.Nazarboyev Qirg‘iston Respublikasi prezidentlikka nomzodlardan biri bilan o‘tkazilgan uchrashuvi va Qozog‘iston rahbari tomonidan bo‘lg‘usi saylovlarda ushbu nomzod qo‘llab quvvatlashini ifoda etganligidan taajjubga tushganligini ma’lum qiladi. Do‘stona Qozog‘iston rahbari Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmasligini aytganligiga qaramasdan, uning so‘zlari Qozog‘iston tomoni Qirg‘iziston Respublikasining bo‘lajak prezidenti sifatida kimni afzal ko‘rishini yaqqol aks etadi", — deb ta’kidladi Qirg‘iziston TIV.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda prezident saylovlari 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Prezident saylovida ishtirok etish uchun 13 nomzod ro‘yxatdan o‘tgan, lekin ular orasida uch nafari yetakchilik qilmoqda. Mamlakatning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayev ushbu saylovlarda ishtirok eta olmaydi. Konstitutsiyaga ko‘ra Qirg‘izistonda prezident bir marotaba olti yil muddatga saylanadi.