Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Jumaqodirov YTHda halok bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki
Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari avtomobili "KAMAZ" bilan to‘qnashgan

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov YTHda halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

O‘rta soy qishlog‘ida prokuratura xodimi mashinasi portlatildi - Sputnik O‘zbekiston
Mustaqil Qirg‘izistonda mansabdorlarni ssenariy asosida o‘ldirish "moda" tusini oldi
Nashr xabariga ko‘ra, Jumaqodirov Bishkek yaqinida shanba kuni ertalab yuz bergan avariyada halok bo‘lgan.

Bu haqda nashrga Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot kotibi Chingiz Esengul o‘g‘li ma’lum qilgan.

"Soat taxminan 7.30larda Moskva tumanining Sadovoe qishlog‘i hududida "Toyota Landkruzer" bilan bog‘liq yo‘t-transport hodisasi yuz bergan. Avtomobilda Bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov va uning yordamchisi Nurlan Jamgirchiyev bo‘lgan. Ularning hammasi halok bo‘lishgan", — deb xabar qilgan agentlikka suhbatdosh.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari avtomobili "KAMAZ" bilan to‘qnashgan.

Yangiliklar lentasi
0