Mirziyoyev Qirg‘iziston siyosiy partiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda oktabrda prezident saylovi bo‘lib o‘tishini hisobga olganda, ushbu uchrashuv o‘ta muhim ahamiyatga ega.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifining ikkinchi kunida Qirg‘iziston Parlamentida bo‘lib, u yerda barcha siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi, K-news xabariga asosan.  

Parlamenti spikeri Chichinbay Tursunbekov Mirziyoyevga har bir partiya rahbarini tanishtirib chiqdi. Mirziyoyev har bir partiya rahbari bilan salomlashib, o‘zaro iliq so‘zlar bilan almashishdi.

“Respublika” fraksiyasi rahbari Omurbek Babanovga Mirziyoyev “Juda xursandman, siz haqingizda ko‘p eshitganman” dedi.

Shuni aytish kerak-ki, Qirg‘izistonda parlament haqiqiy siyosiy kuchga ega boshqaruv organidir. Barcha muhim masalalar muhokamasi, barcha muhim qarorlar, amaldagi hukumat va muxolifat partiyalar “to‘qnashuv”lari aynan ana shu yerda bo‘lib o‘tadi. Mirziyoyev uchrashgan partiya rahbarlarining aksariyati prezidentlikka nomzodlardir.

Ushbu yilning oktabr oyida Qirg‘izistonda yangi prezident saylanadi. Almazbek Atambayev mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq iste’foga chiqadi.

 

Yangiliklar lentasi
0