Toshkentda ikki kunlik III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi bo‘lib o‘tmoqda.
OAV, davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari raqamli transformatsiya sharoitida ikki mamlakat media sohasi oldida turgan zamonaviy chaqiriqlarni muhokama qilmoqda.
Forum doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik mediahamkorlikka bag‘ishlangan yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.
Birinchi va ikkinchi mediaforumlar 2018 va 2021-yillarda onlayn shaklda o‘tkazilgan.