https://oz.sputniknews.uz/20261109/russia-mediahamkorlik-taklif-61862589.html
Qobuljon Ahmedov Rossiya bilan mediahamkorlik bo‘yicha to‘rt taklif bildirdi
Qobuljon Ahmedov Rossiya bilan mediahamkorlik bo‘yicha to‘rt taklif bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kontent almashish, qo‘shma filmlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash, doimiy ruknlar ochish hamda yosh media mutaxassislar uchun stajirovkalar tashkil etish taklif qilindi.
2026-11-09T13:23+0500
2026-11-09T13:23+0500
2026-11-09T13:23+0500
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
oav
jurnalistlar
multimedia
sun’iy intellekt
ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61862288_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_ce373c3867c0e8c73f7187f916148768.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qo‘shma filmlar, teleko‘rsatuvlar va raqamli kontent tayyorlash, shuningdek, media mutaxassislar uchun stajirovkalar tashkil etish taklif qilindi. Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Ahmedovning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda odamlarning bir-birini qanchalik yaxshi bilishi va qo‘shni mamlakat hayotiga qiziqishi ham muhim.Shu bois media materiallar nafaqat tarixiy obidalar va madaniy meros, balki mamlakatlarning bugungi hayoti, zamonaviy shaharlar, texnologik loyihalar, ilm-fan yutuqlari, yosh tadbirkorlar va iqtidorli insonlarni ham qamrab olishi kerak.Ahmedov bu borada turizm, sport, ta’lim va madaniy almashinuvlar katta imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Xususan, sportchilar, murabbiylar va yosh iste’dodlar haqidagi hikoyalar qo‘shma loyihalar uchun qiziqarli mavzular bo‘lishi mumkin.U Rossiya bilan media hamkorlikni rivojlantirishning to‘rt yo‘nalishini taklif qildi:Ahmedovning bildirishicha, OAV uchun kontent tayyorlash markazi ushbu loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor. Ahmedovning fikricha, qo‘shma media loyihalar ikki mamlakat aholisini nafaqat xabardor qilish, balki bir-biriga yaqinlashtirishga ham xizmat qilishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20250902/kontent-tayyorlash-markazi-51678236.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61862288_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_56416b779f52e1fbea3a53bc25d3db26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, jurnalistlar, multimedia, sun’iy intellekt, ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, hamkorlik
oav, jurnalistlar, multimedia, sun’iy intellekt, ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, hamkorlik
Qobuljon Ahmedov Rossiya bilan mediahamkorlik bo‘yicha to‘rt taklif bildirdi
Qobuljon Ahmedov Rossiya bilan qo‘shma filmlar va dasturlar tayyorlash, kontent almashish hamda jurnalistlar malakasini oshirishni taklif qildi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qo‘shma filmlar, teleko‘rsatuvlar va raqamli kontent tayyorlash, shuningdek, media mutaxassislar uchun stajirovkalar tashkil etish taklif qilindi. Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ahmedovning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda odamlarning bir-birini qanchalik yaxshi bilishi va qo‘shni mamlakat hayotiga qiziqishi ham muhim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha daqiqalik sifatli video, qiziqarli film yoki inson hayoti haqidagi hikoya ba’zan o‘nlab rasmiy xabarlardan ko‘ra ko‘proq ma’lumot berishi mumkin.
Shu bois media materiallar nafaqat tarixiy obidalar va madaniy meros, balki mamlakatlarning bugungi hayoti, zamonaviy shaharlar, texnologik loyihalar, ilm-fan yutuqlari, yosh tadbirkorlar va iqtidorli insonlarni ham qamrab olishi kerak.
Ahmedov bu borada turizm, sport, ta’lim va madaniy almashinuvlar katta imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Xususan, sportchilar, murabbiylar va yosh iste’dodlar haqidagi hikoyalar qo‘shma loyihalar uchun qiziqarli mavzular bo‘lishi mumkin.
U Rossiya bilan media hamkorlikni rivojlantirishning to‘rt yo‘nalishini taklif qildi:
Kontent almashish. Yangiliklar, hujjatli va ma’rifiy materiallarni muntazam almashib, ikki mamlakatning bir-biri axborot maydonidagi ishtirokini kengaytirish.
Qo‘shma ruknlar va dasturlar. Telekanallar hamda raqamli platformalarda mualliflik dasturlari, hujjatli turkumlar va doimiy ruknlar tashkil etish, materiallarni mahalliy auditoriya qiziqishlariga moslashtirish.
Birgalikda kontent ishlab chiqarish. Yirik forumlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlarni yoritish uchun ikki mamlakat ijodiy va suratga olish guruhlarini birlashtirish.
Kasbiy tajriba almashish. Jurnalistlar, rejissorlar, operatorlar, montajchilar va produserlar, ayniqsa, yosh mutaxassislar uchun stajirovkalar, mahorat darslari va qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish.
Ahmedovning bildirishicha, OAV uchun kontent tayyorlash markazi ushbu loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor.
Markaz televizion dasturlar, hujjatli filmlar va raqamli platformalar uchun materiallar tayyorlash tajribasiga, professional ijodiy jamoalar va zarur texnik imkoniyatlarga ega.
Ahmedovning fikricha, qo‘shma media loyihalar ikki mamlakat aholisini nafaqat xabardor qilish, balki bir-biriga yaqinlashtirishga ham xizmat qilishi kerak.