Kapadze va Mamayev O‘zbekiston — Rossiya mediafutbol o‘yini oldidan nima dedi?
Kapadze va Mamayev O‘zbekiston — Rossiya mediafutbol o‘yini oldidan nima dedi?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sobiq futbolchi Pavel Mamayev O‘zbekiston terma jamoasini sobiq ittifoq hududidagi eng kuchlilardan biri deb atadi. Toshkentdagi matbuot anjumanida Timur Kapadze va Nikolay Osipov ham fikr bildirdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Toshkentda III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi doirasida o‘tkaziladigan mediafutbol uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Timur Kapadze, Pavel Mamayev va Rossiya Mediafutbol ligasi prezidenti Nikolay Osipov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Timur Kapadze O‘zbekiston mediafutbol terma jamoasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi ikkita mashg‘ulot o‘tkazganini aytdi. Barcha ishtirokchilar mashg‘ulotlarga kela olmagani sababli futbolchilarning imkoniyatlari bevosita uchrashuv davomida baholanadi.Uning ta’kidlashicha, mediafutbol nafaqat sportni ommalashtirish, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etishga ham xizmat qiladi. Kapadze bugungi o‘yin do‘stona ruhda, futbol bayrami sifatida o‘tishiga umid bildirdi.Shuningdek, u 12-noyabrda O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuviga ham to‘xtaldi.Pavel Mamayev O‘zbekiston futbolining so‘nggi yillardagi rivojlanishiga yuqori baho berdi. Uning fikricha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq ittifoq hududidagi eng kuchli jamoalardan biriga aylangan.Nikolay Osipov esa mediafutbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yirik xalqaro musobaqalar tashkil etish ekanini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mediafutbol jamoalarining professional klublar bilan o‘yinlari odatiy holga aylangan. Endi milliy mediafutbol terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kapadze tayyorgarlik jarayoni, Mamayev esa O‘zbekiston futbolining rivoji haqida gapirdi
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Toshkentda III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi doirasida o‘tkaziladigan mediafutbol uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Timur Kapadze, Pavel Mamayev va Rossiya Mediafutbol ligasi prezidenti Nikolay Osipov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Timur Kapadze O‘zbekiston mediafutbol terma jamoasi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi ikkita mashg‘ulot o‘tkazganini aytdi. Barcha ishtirokchilar mashg‘ulotlarga kela olmagani sababli futbolchilarning imkoniyatlari bevosita uchrashuv davomida baholanadi.
Uning ta’kidlashicha, mediafutbol nafaqat sportni ommalashtirish, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etishga ham xizmat qiladi. Kapadze bugungi o‘yin do‘stona ruhda, futbol bayrami sifatida o‘tishiga umid bildirdi.
Shuningdek, u 12-noyabrda O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuviga ham to‘xtaldi.
"Albatta, umidimiz terma jamoamiz g‘alaba qozonishida. Hozir bizda yaxshi jamoa bor. Ishonchim komilki, murabbiy yaxshi tayyorgarlik ko‘radi va jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatadi", — dedi Kapadze.
Pavel Mamayev O‘zbekiston futbolining so‘nggi yillardagi rivojlanishiga yuqori baho berdi. Uning fikricha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq ittifoq hududidagi eng kuchli jamoalardan biriga aylangan.
Mamayev Toshkentda boshlanayotgan mediafutbol musobaqasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun postsovet hududi uchun muhim sport tadbiri bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Nikolay Osipov esa mediafutbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yirik xalqaro musobaqalar tashkil etish ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mediafutbol jamoalarining professional klublar bilan o‘yinlari odatiy holga aylangan. Endi milliy mediafutbol terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekiston va Rossiya mediafutbol terma jamoalari bugun, 10-noyabr kuni, soat 17:00 da Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida maydonga tushadi. Uchrashuvga kirish bepul.
12 noyabr kuni esa shu stadionda ikki mamlakatning asosiy milliy terma jamoalari soat 20:00 da o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.