https://oz.sputniknews.uz/20261109/russia-uzbek-kino-ai-tiklash-61859242.html
Rossiyadagi o‘zbek kinosi durdonalarini SI yordamida tiklash taklif etildi
Rossiyadagi o‘zbek kinosi durdonalarini SI yordamida tiklash taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga sun’iy intellekt yordamida tarixiy qo‘lozmalarni raqamlashtirish, o‘zbek kinosi durdonalarini tiklash va feyk hamda firibgarlikka qarshi qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni taklif qildi.
2026-11-09T12:49+0500
2026-11-09T12:49+0500
2026-11-09T12:49+0500
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
oav
sun’iy intellekt
o‘zbek kino
o‘zbek tili
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61874005_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4fdb18565bb4e3a0430f9a45d23ef7a0.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga sun’iy intellekt sohasida uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Pekosning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt axborot tarqatish va qabul qilish usullarini o‘zgartirmoqda. Shu bois axborot suvereniteti nafaqat milliy OAV, balki o‘z tiliga ega raqamli muhitni ham talab qiladi.Pekos Rossiya bilan hamkorlikning uchta yo‘nalishini taklif qildi:Pekos ushbu yo‘nalishlarni forum yakunlari bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasida mustahkamlashni taklif qildi.Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiya hamkorligidagi raqamli loyihalar milliy tillar, madaniy meros va axborot xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250808/samarqand-mdh-suniy-intelekt-51118022.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61874005_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_a6aa3c941bef1c2dcbba1be13e7c09d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, sun’iy intellekt, o‘zbek kino, o‘zbek tili, o‘zbekiston, rossiya
oav, sun’iy intellekt, o‘zbek kino, o‘zbek tili, o‘zbekiston, rossiya
Rossiyadagi o‘zbek kinosi durdonalarini SI yordamida tiklash taklif etildi
Oleg Pekos Rossiya bilan tarixiy merosni raqamlashtirish, eski filmlarni tiklash va sun’iy intellekt savodxonligini oshirishni taklif qildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga sun’iy intellekt sohasida uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Pekosning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt axborot tarqatish va qabul qilish usullarini o‘zgartirmoqda. Shu bois axborot suvereniteti nafaqat milliy OAV, balki o‘z tiliga ega raqamli muhitni ham talab qiladi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 mamlakati qatoriga kirishni maqsad qilgan. Buning uchun milliy til modellariga asos bo‘ladigan o‘zbek tili korpusi yaratilmoqda.
Pekos Rossiya bilan hamkorlikning uchta yo‘nalishini taklif qildi:
Tarixiy merosni raqamlashtirish. O‘zbekistondagi Sharq qo‘lozmalari va Rossiya arxivlaridagi materiallarni birgalikda raqamlashtirish, ulardan sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda foydalanish.
O‘zbek kinosi durdonalarini tiklash. Rossiyada saqlanayotgan klassik o‘zbek filmlarining asl tasmalarini sun’iy intellekt yordamida raqamlashtirish, tasvir va ovoz sifatini tiklash. Ayrim filmlar allaqachon raqamlashtirilib, O‘zbekistonga topshirilgan.
Sun’iy intellekt savodxonligini oshirish. O‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va keksa avlod uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish. Shuningdek, dipfeyklar va internet firibgarligining yangi usullari haqida tezkor axborot almashish.
Pekos ushbu yo‘nalishlarni forum yakunlari bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasida mustahkamlashni taklif qildi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiya hamkorligidagi raqamli loyihalar milliy tillar, madaniy meros va axborot xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.