III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston media-forumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

Sun’iy intellekt jurnalistlarni tezroq charchatmoqda — NTV bosh muharriri

© Mediabank III Rossiysko-Uzbekskogo mediaforumaPerviy zamestitel generalnogo direktora AO "Telekompaniya NTV" Aleksandra Kosharniskaya
Perviy zamestitel generalnogo direktora AO Telekompaniya NTV Aleksandra Kosharniskaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
NTV bosh muharriri Aleksandra Kosharniskaya sun’iy intellekt jurnalistlar ishini o‘zgartirayotgani, ammo inson nazorati zarurligini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning NTV telekompaniyasi sun’iy intellektdan keng foydalanmoqda, biroq bu xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatishga olib kelmadi. Bu haqda NTV bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Axborot direksiyasi rahbari va bosh muharriri Aleksandra Kosharniskaya III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyada internet televideniyening axborot maydonidagi mavqeyiga tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli NTV efir bilan cheklanib qolmay, yirik raqamli platformalarda ham faoliyat yuritmoqda.
Telekompaniya sun’iy intellektdan ovozlashtirish, videomontaj, tahlil va dasturlashda foydalanmoqda. Masalan, Donald Trampning chiqishlari rus tilida uning ovoziga o‘xshatib yangraydi.
Kosharniskayaning ta’kidlashicha, SI ish unumdorligini keskin oshirgan bo‘lsa-da, bu xodimlarning tezroq charchashiga sabab bo‘lmoqda.
Ilgari bir necha hafta talab qilgan vazifalarni SI qisqa vaqtda bajarmoqda. Biroq inson miyasi bunday yuqori sur’atga doim ham moslasha olmaydi. Natijada xodimlar tez charchab qolmoqda.
Shu bilan birga, SIdan foydalanish NTVda xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatishga olib kelmagan. Aksincha, yangi texnologiyalar ish jarayonlarini o‘zgartirgan, axborotni tekshirish mas’uliyati esa hamon inson zimmasida qolmoqda.
U axborotning ishonchliligini ta’minlashni OAV oldidagi asosiy vazifalardan biri deb atadi. Sun’iy intellekt soxta materiallarni aniqlashga yordam bersa-da, ma’lumotlarni yakuniy tekshirish muharrir zimmasida qolmoqda.
Kosharniskaya milliy til modellarini rivojlantirish ahamiyatiga ham to‘xtaldi. Rossiyada Yandex va Sber o‘z modellarini yaratgan. Bunday texnologiyalar milliy til va madaniy merosni raqamli muhitda saqlashga xizmat qilishi mumkin.
Uning fikricha, sun’iy intellektni tartibga solishda texnologiyalar rivojini cheklamasdan, ular taqdim etayotgan axborot uchun javobgarlikni ta’minlash muhim.
NTV va boshqa an’anaviy OAV uchun esa asosiy vazifa raqamli muhitga moslashish bilan birga, auditoriya ishonchini saqlab qolishdir.
Jurnalistning yana beshta kasbi bor: SputnikPRO ma’ruzasida mutaxassisning o‘ziga xosligi haqida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Jurnalistda kamida 5ta kasb mujassam bo‘lishi kerak: "SputnikPRO" mahorat darsi
Yangiliklar lentasi
0