https://oz.sputniknews.uz/20261109/mansabdor-elektron-tizim-61867468.html
Mansabdor elektron tizim ortida o‘zini arizachidan daxlsiz his qilmasligi kerak — deputat
Mansabdor elektron tizim ortida o‘zini arizachidan daxlsiz his qilmasligi kerak — deputat
Sputnik O‘zbekiston
Deputat Ilhom Abdullayev davlat axborot tizimlarida mansabdorlar harakatini qayd etish talablarini qonunga kiritishni taklif qildi. U OAV manfaatlari himoyasi uchun raqamli reklama qonunchiligini takomillashtirish zarurligini bildirdi
2026-11-09T15:40+0500
2026-11-09T15:40+0500
2026-11-09T15:40+0500
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
oav
sun’iy intellekt
jurnalist
qonunchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61863345_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_127b1654eb7e3f2ed693722053d36e50.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda davlat axborot tizimlari faoliyatining raqamli ochiqligini qonun darajasida ta’minlash va raqamli reklama bozorini tartibga solish zarur. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Biroq raqamli davlat xizmatlarining kengayishi yangi huquqiy talablarni joriy etishni taqozo qilmoqda.Xususan, deputat davlat axborot tizimlarida quyidagi talablarni qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi:Bu talablar fuqarolar huquqlari buzilgan hollarda mas’ul shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish imkonini beradi.Abdullayev bu masalani ichki idoraviy qoidalar bilan emas, aynan qonun darajasida tartibga solish zarurligini ta’kidladi.Ikkinchi muhim masala — raqamli reklama bozori.Deputatning fikricha, mustaqil OAV faoliyatining muhim shartlaridan biri moliyaviy barqarorlik bo‘lib, reklama uning asosiy daromad manbalaridan hisoblanadi.Shu bois raqamli reklama daromadlarini adolatli taqsimlash, mahalliy bozor ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish taklif etildi.Abdullayev O‘zbekiston ushbu yo‘nalishlarda Rossiya bilan tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260922/hokimliklar-hujjat-sud-shikoyat-huquq-60647788.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61863345_406:284:2144:1588_1920x0_80_0_0_4142e6b102bc28d62e300b1d38a88715.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, sun’iy intellekt, jurnalist, qonunchilik
oav, sun’iy intellekt, jurnalist, qonunchilik
Mansabdor elektron tizim ortida o‘zini arizachidan daxlsiz his qilmasligi kerak — deputat
Ilhom Abdullayev davlat axborot tizimlarida amaldorlarning har bir harakatini qayd etishni taklif qildi. Bu fuqarolar huquqini himoya qilishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda davlat axborot tizimlari faoliyatining raqamli ochiqligini qonun darajasida ta’minlash va raqamli reklama bozorini tartibga solish zarur.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Abdullayevning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonning axborot sohasidagi qonunchiligi unchalik o‘zgarmagan bo‘lsa-da, uni qo‘llash amaliyoti va davlat idoralarining ochiqligi sezilarli darajada o‘zgardi.
Biroq raqamli davlat xizmatlarining kengayishi yangi huquqiy talablarni joriy etishni taqozo qilmoqda.
Xususan, deputat davlat axborot tizimlarida quyidagi talablarni qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi:
mansabdor shaxslarning har bir harakatini tizimda qayd etish;
axborot tizimining holatini muntazam hujjatlashtirish;
qayd etilgan ma’lumotlarni keyinchalik o‘zgartirish imkoniyatini cheklash.
Bu talablar fuqarolar huquqlari buzilgan hollarda mas’ul shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish imkonini beradi.
Abdullayev bu masalani ichki idoraviy qoidalar bilan emas, aynan qonun darajasida tartibga solish zarurligini ta’kidladi.
Ikkinchi muhim masala — raqamli reklama bozori.
Deputatning fikricha, mustaqil OAV faoliyatining muhim shartlaridan biri moliyaviy barqarorlik bo‘lib, reklama uning asosiy daromad manbalaridan hisoblanadi.
Biroq raqamli reklama bozorida yirik texnologik platformalar qoidalarni ko‘p jihatdan o‘zlari belgilamoqda. Bu esa mahalliy reklama agentliklari, kontent ishlab chiqaruvchilar va OAVning iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bois raqamli reklama daromadlarini adolatli taqsimlash, mahalliy bozor ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish taklif etildi.
Abdullayev O‘zbekiston ushbu yo‘nalishlarda Rossiya bilan tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.