https://oz.sputniknews.uz/20261109/dunyo-ozgarishlar-globallashuv-suverenitet-61860860.html
Globallashuvdan suverenitetga: Lukyanov dunyodagi o‘zgarishlar haqida
Globallashuvdan suverenitetga: Lukyanov dunyodagi o‘zgarishlar haqida
Sputnik O‘zbekiston
"Valday" klubi ilmiy direktori Fodor Lukyanov Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida globallashuv, davlat suvereniteti, xalqaro hamkorlik va milliy o‘zlikni saqlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni haqida gapirdi.
2026-11-09T13:05+0500
2026-11-09T13:05+0500
2026-11-09T13:05+0500
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
oav
forum
rossiya
o‘zbekiston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61853332_381:619:2730:1940_1920x0_80_0_0_08c73b8ce01dbcb1ad6599d4bed524ed.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Dunyo globallashuvdan suverenitetni mustahkamlashga intilish davriga o‘tmoqda. Biroq davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik saqlanib qoladi va xalqaro hamkorlikdan voz kechish taraqqiyotdan ortda qolishga olib keladi.Bu haqda "Valday" xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ilmiy direktori Fodor Lukyanov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Lukyanovning ta’kidlashicha, dunyo taraqqiyotida burilish davri boshlangan. Mamlakatlar o‘rtasida harbiy-siyosiy va iqtisodiy to‘siqlar ko‘paymoqda, biroq jahon tizimi o‘zaro bog‘liqligini saqlab qolmoqda.Uning fikricha, avvalgi globallashuv davrida davlatlar o‘rtasidagi chegara va to‘siqlarni kamaytirishga intilish ustunlik qilgan bo‘lsa, endi milliy suverenitetni mustahkamlash asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.Biroq bu tashqi dunyodan ajralib qolishni anglatmaydi.Uning ta’kidlashicha, suverenitet bir vaqtning o‘zida mamlakatning ichki rivojlanishini mustaqil belgilash va xalqaro hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatini anglatadi.Bu jarayonda OAVlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Media davlatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi aloqalarni saqlash, o‘zaro tushunishni mustahkamlash va axborot almashinuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.Lukyanov pandemiya va so‘nggi harbiy-siyosiy inqirozlar qo‘shni va yaqin mamlakatlar o‘rtasidagi bevosita hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi.Shu bilan birga, Lukyanov mamlakatlar modernizatsiya jarayonida milliy o‘zligini yo‘qotmasligi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, texnologik va ijtimoiy taraqqiyot bilan birga, asrlar davomida shakllangan madaniyat va an’analarni saqlash suverenitetning muhim shartlaridan biridir.
https://oz.sputniknews.uz/20260214/globalizatsiya-goyasi-axmoqlik-bolib-chiqdi--rubio-55704381.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61853332_614:461:2730:2048_1920x0_80_0_0_f09678cf6c337ba32daf2ffdc9510e22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, forum, rossiya, o‘zbekiston, hamkorlik
oav, forum, rossiya, o‘zbekiston, hamkorlik
Globallashuvdan suverenitetga: Lukyanov dunyodagi o‘zgarishlar haqida
Fodor Lukyanov globallashuv o‘rnini suverenitetni mustahkamlash tendensiyasi egallayotgani va bunda OAVning o‘rni ortib borayotganini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Dunyo globallashuvdan suverenitetni mustahkamlashga intilish davriga o‘tmoqda. Biroq davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik saqlanib qoladi va xalqaro hamkorlikdan voz kechish taraqqiyotdan ortda qolishga olib keladi.
Bu haqda "Valday" xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ilmiy direktori Fodor Lukyanov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Lukyanovning ta’kidlashicha, dunyo taraqqiyotida burilish davri boshlangan. Mamlakatlar o‘rtasida harbiy-siyosiy va iqtisodiy to‘siqlar ko‘paymoqda, biroq jahon tizimi o‘zaro bog‘liqligini saqlab qolmoqda.
Uning fikricha, avvalgi globallashuv davrida davlatlar o‘rtasidagi chegara va to‘siqlarni kamaytirishga intilish ustunlik qilgan bo‘lsa, endi milliy suverenitetni mustahkamlash asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Biroq bu tashqi dunyodan ajralib qolishni anglatmaydi.
"Zamonaviy dunyoda izolyatsiya qilishga urinish ortda qola boshlashingning kafolatidir", — dedi Lukyanov.
Uning ta’kidlashicha, suverenitet bir vaqtning o‘zida mamlakatning ichki rivojlanishini mustaqil belgilash va xalqaro hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatini anglatadi.
Bu jarayonda OAVlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Media davlatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi aloqalarni saqlash, o‘zaro tushunishni mustahkamlash va axborot almashinuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Lukyanov pandemiya va so‘nggi harbiy-siyosiy inqirozlar qo‘shni va yaqin mamlakatlar o‘rtasidagi bevosita hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi.
Uning fikricha, Rossiya va O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun ikki tomonlama muloqotni rivojlantirish, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-birini to‘g‘ri tushunish ayniqsa muhim.
Shu bilan birga, Lukyanov mamlakatlar modernizatsiya jarayonida milliy o‘zligini yo‘qotmasligi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, texnologik va ijtimoiy taraqqiyot bilan birga, asrlar davomida shakllangan madaniyat va an’analarni saqlash suverenitetning muhim shartlaridan biridir.