III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston media-forumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

2027 yil O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari uchun muhim yil bo‘ladi — Yerxov

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya elchisi Aleksey Yerxov 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi nishonlanishi va O‘zbekiston MDHga raislik qilishini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2027-yil O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar uchun muhim yil bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi doirasida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi
Elchining ta’kidlashicha, kelgusi yilda ikki mamlakat diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligini nishonlaydi. Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qiladi.
Bu munosabat bilan ko‘plab uchrashuvlar, forumlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yerxov ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.
Shu bois OAVning vazifasi nafaqat mazkur jarayonlarni yoritish, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlashdan ham iborat.
Elchi Toshkentda o‘tayotgan III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumiga ham to‘xtalib, u bunday keng ko‘lamda birinchi marta tashkil etilayotganini qayd etdi.
Forum jurnalistlar, mediaindustriya vakillari, kommunikatsiya va jamoatchilik bilan aloqalar sohasi mutaxassislarini birlashtirdi.
Yerxov anjuman ikki mamlakat OAVlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va ikki tomonlama munosabatlarning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va migratsiya: Rossiya elchisi Yerxov intervyu berdi
Yangiliklar lentasi
0