III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston media-forumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

Islom sivilizatsiyasi va "Rossiya" markazlari uchun uch yillik hamkorlik dasturi taklif etildi

© SputnikDirektor Sentra islamskoy sivilizatsii Firdavs Abduxalikov
Direktor Sentra islamskoy sivilizatsii Firdavs Abduxalikov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Firdavs Abduxoliqov Rossiya bilan qo‘shma filmlar, virtual muzeylar va grant dasturlarini amalga oshirishni taklif qildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniy meros, kino, media va ta’lim sohalarida uch yillik qo‘shma dasturni amalga oshirish taklif etildi. Bu tashabbusni Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ilgari surdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Taklifga ko‘ra, Islom sivilizatsiyasi markazi va "Rossiya" milliy markazi negizida uch yillik hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi. Uning doirasida OAV, muzeylar, kutubxonalar va teatrlar rahbarlarining har chorakdagi uchrashuvlari tashkil etiladi.
Abduxoliqov hamkorlikning uchta asosiy yo‘nalishini belgilab berdi:
Umumiy tarix va madaniyat. Qo‘shma hujjatli va badiiy filmlar, kitoblar, ko‘rgazmalar va teatr gastrollarini tashkil etish. Loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili grant tanlovlari o‘tkazish.
Madaniy merosni raqamlashtirish. Qo‘lozmalar va muzey kolleksiyalarining elektron kataloglarini yaratish, virtual muzeylar, podkastlar hamda o‘zbek va rus tillarida ta’lim platformalarini ishlab chiqish.
Media va ma’rifat. Yosh jurnalistlar va mualliflar uchun qo‘shma maktablar, blogerlar va jurnalistlarning press-turlari, madaniy stajirovkalarini tashkil etish.
Shuningdek, manbalarni tekshirish va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanishga alohida e’tibor qaratish taklif qilindi.
Abduxoliqov ikki mamlakat o‘rtasida bu yo‘nalishda hamkorlik tajribasi mavjudligini ta’kidladi. Rossiyalik hamkorlar bilan "O‘zbekiston. Qumlar durdonasi", "Nukus. Noma’lum kolleksiya", "Movarounnahr sivilizatsiyasi" kabi hujjatli filmlar yaratilgan.
Moskva va Sankt-Peterburg to‘plamlarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq kitob-albom tayyorlangan. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lozmalari instituti ko‘magida Katta Langar Qur’onining Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qismi faksimilesi ham yaratilgan.
Markaz direktori o‘z nutqida 1941-yil 10-dekabrda qamaldagi Leningradda, Ermitajda Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligi nishonlanganini esladi.
Odamlar ochlik va sovuqqa qaramay, buyuk o‘zbek mutafakkiri she’rlarini tinglash uchun yig‘ilgan. Ayni paytda Toshkentda Shomahmudovlar oilasi urush tufayli yetim qolgan bolalarni o‘z bag‘riga olgan.
Abduxoliqov bu voqealarni ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy va insoniy yaqinlik timsoli sifatida keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, zamonaviy media ana shunday voqealarni yangi avlodlarga yetkazish, ikki mamlakat xalqlarining bir-birini yaxshiroq tushunishiga xizmat qilishi lozim.
V Tashkente i Moskve v 2027 godu proydut perekrestnie dni Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2026
Toshkent va Moskvada Rossiya va O‘zbekiston kunlari bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0