III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston media-forumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

Algoritmlar axborot kun tartibini jurnalistlardan tortib olmoqda — Aslanov

© SputnikDirektor Sentra progressivnix reform Mirshoxid Aslanov v xode vistupleniya na III rossiysko-uzbekskom mediaforume v Tashkente
Direktor Sentra progressivnix reform Mirshoxid Aslanov v xode vistupleniya na III rossiysko-uzbekskom mediaforume v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Mirshohid Aslanov sun’iy intellekt axborotni tanlash va tarqatishda inson o‘rnini egallayotgani, ammo uning uchun javob bermasligini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Raqamli davrda axborot kun tartibini shakllantirish tobora jurnalistlardan algoritmlarga o‘tmoqda. Bu haqda Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aslanovning ta’kidlashicha, algoritmlar insonning qiziqishlari, qo‘rquvlari va qarashlarini o‘rganib, unga mos axborotni muntazam taqdim etadi.
Natijada foydalanuvchida butun dunyo u bilan bir xil fikrlaydi, degan noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lishi mumkin.
Sun’iy intellekt esa axborot maydoniga inson bo‘lmagan yangi muallif sifatida kirib keldi. U mustaqil ravishda kontent yaratishi mumkin, ammo uning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Aslanovning fikricha, bu sharoitda uchta asosiy vazifa yuzaga kelmoqda:
Axborot suvereniteti — milliy axborot makonini algoritmik manipulyatsiyalar va yolg‘on ma’lumotlardan himoya qilish;
Milliy o‘zlikni saqlash — raqamli platformalarda mamlakat tili, tarixi, an’analari va madaniy qadriyatlarini hisobga olish;
Milliy til modellarini rivojlantirish — sun’iy intellekt o‘zbek tili va mahalliy madaniy kontekstni to‘g‘ri tushunishini ta’minlash.
Aslanov O‘zbekistonda prezident topshirig‘i asosida milliy til modeli va o‘zbek tili korpusi yaratilayotganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, sun’iy intellekt modellari ko‘proq ma’lumot mavjud bo‘lgan tillarga tayanadi. O‘zbekiston haqidagi boshqa tillardagi materiallar o‘zbek tilidagidan ancha ko‘pligi sababli milliy modelni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
Rossiya bilan media hamkorlik masalasiga to‘xtalar ekan, Aslanov o‘zaro hurmat, algoritmik platformalar mas’uliyati va amaliy texnologik hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatdi.
Xususan, ikki mamlakat jamiyatlarining bir-biri haqidagi tasavvurlarini har yili birgalikda o‘rganishni taklif qildi. Bu media sohasidagi qarorlarni taxminlarga emas, aniq tadqiqot natijalariga asoslanib qabul qilish imkonini beradi.
Progressiv islohotlar markazi rossiyalik hamkorlar bilan bunday tadqiqotlar o‘tkazish va faktcheking sohasida hamkorlik qilishga tayyor.
Aslanovning ta’kidlashicha, algoritmlar va sun’iy intellekt qanchalik rivojlanmasin, jurnalist va muharrirning mas’uliyati yo‘qolmaydi.
"Mashina kechirim so‘rashni bilmaydi, ayniqsa, aytilgan gaplar uchun javob bera olmaydi", — dedi u.
Uning fikricha, medianing kelajagi texnologiyalar tezligini jurnalistik etika, milliy kontekstni tushunish va jamiyat oldidagi mas’uliyat bilan uyg‘unlashtirishga bog‘liq. Bu boradagi qoidalarni yaqin ikki-uch yil ichida shakllantirish zarur.
V Natsionalnom agentstve perspektivnix proyektov RUz s 2022 goda rassmotreli uje bolee 100 texzadaniy, gde ispolzuyetsya texnologiya II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
O‘zbekistonda sun’iy intellekt inson nazoratida bo‘lishi kerak — ILMA vakili
Yangiliklar lentasi
0