https://oz.sputniknews.uz/20261109/russia-uzbekistan-hamkorliki-muhokama-61856434.html
Rossiya va O‘zbekiston feyklarga qarshi media hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qiladi
Rossiya va O‘zbekiston feyklarga qarshi media hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida axborot xavfsizligi, feyklarga qarshi kurash va qo‘shma medialoyihalar muhokama qilinmoqda. O‘zbekistonning 2027-yilda MDHga raisligi ham mediahamkorlik uchun imkoniyat sifatida qayd etildi
2026-11-09T12:32+0500
2026-11-09T12:32+0500
2026-11-09T12:32+0500
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
oav
jurnalistlar
bloger
mdh
forum
raqamli texnologiyalar
feyk xabar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61858853_0:179:3072:1907_1920x0_80_0_0_85b9cc1a92fe0cc91271b26a93807320.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston media sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash, feyklarga qarshi kurashish va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Smirnov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Smirnov 2027-yil 1-yanvardan O‘zbekiston MDHga raislik qilishini eslatdi. Uning fikricha, bu ikki mamlakatning MDH doirasidagi hamkorligini, jumladan, media sohasidagi aloqalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.Unda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:Smirnov forum ishtirokchilari yolg‘on axborotni aniqlash va tekshirish bo‘yicha birgalikda samarali vositalarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, forum doirasida davlat idoralari, OAV, madaniyat sohasi va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida muhokamalar hamda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ular natijasida ikki mamlakat mediatashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi amaliy yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260922/garb-axborot-urush-60650556.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61858853_169:48:2835:2048_1920x0_80_0_0_2cfa15b122b823297ade0e0decbe162f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, jurnalistlar, bloger, mdh, forum, raqamli texnologiyalar, feyk xabar
oav, jurnalistlar, bloger, mdh, forum, raqamli texnologiyalar, feyk xabar
Rossiya va O‘zbekiston feyklarga qarshi media hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qiladi
Aleksandr Smirnov Rossiya va O‘zbekiston jurnalistlari mediaforumda axborot xavfsizligi, faktcheking va qo‘shma loyihalarni muhokama qilishini bildirdi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston media sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash, feyklarga qarshi kurashish va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Smirnov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Smirnov 2027-yil 1-yanvardan O‘zbekiston MDHga raislik qilishini eslatdi. Uning fikricha, bu ikki mamlakatning MDH doirasidagi hamkorligini, jumladan, media sohasidagi aloqalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Uning ta’kidlashicha, Mediaforum uchun O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari ishtirokida ochiq sessiyalar, ekspertlar seminarlari, maxsus maslahatlashuvlar va munozaralarni o‘z ichiga olgan ikki kunlik dastur tayyorlangan.
Unda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
ikki mamlakat jamiyatlarining bir-biri haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda OAVning o‘rni;
raqamli texnologiyalar sharoitida kontent yaratish va tarqatishning yangi usullari;
axborot iste’molidagi o‘zgarishlar va auditoriya bilan ishlash;
milliy madaniyat va an’anaviy qadriyatlarni saqlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash va feyklarga qarshi kurashish.
Smirnov forum ishtirokchilari yolg‘on axborotni aniqlash va tekshirish bo‘yicha birgalikda samarali vositalarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
Uning fikricha, axborotning haqqoniyligini ta’minlash va manbalarni tekshirish ikki mamlakat jurnalistlari oldidagi strategik ahamiyatga ega vazifalardan biridir.
Shuningdek, forum doirasida davlat idoralari, OAV, madaniyat sohasi va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida muhokamalar hamda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ular natijasida ikki mamlakat mediatashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi amaliy yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.