III Rossiysko-Uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
III Rossiya-O‘zbekiston media-forumi
Uchinchi Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi 9–10 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda.

Faqat o‘tmish bilan yashab bo‘lmaydi, umumiy kelajakni qurish kerak — Kochetkov

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sergey Kochetkov O‘zbekiston va Rossiyani umumiy tarixdan tashqari bugungi do‘stlik, iqtisodiy va oilaviy aloqalar ham birlashtirishini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyani nafaqat umumiy tarix, balki bugungi do‘stlik, iqtisodiy va oilaviy aloqalar ham birlashtiradi. Bu haqda "Rossiya segodnya" XAA bosh muharririning birinchi o‘rinbosari Sergey Kochetkov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida aytdi.
Kochetkov ikki xalqning umumiy tarixida muhim voqealar ko‘pligini, jumladan, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston ko‘plab evakuatsiya qilingan insonlarni qabul qilganini esladi.
"Lekin o‘tmish bilan yashab bo‘lmaydi. Hozirgi kun bilan yashash kerak. Bugun biz yaxshi qo‘shnilar, yaxshi do‘stlarmiz. Iqtisodiyotimiz, OAV va oilalarimiz o‘zaro chambarchas bog‘langan. Biz do‘st bo‘lib, umumiy kelajakni birgalikda qurishimiz kerak", — dedi u.
Kochetkov mediaforum ikki mamlakat jurnalistlari va media rahbarlari uchun tajriba almashish maydoni ekanini ta’kidladi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibida telekanallar, raqamli platformalar, radio, bosma nashrlar va auditoriyani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Ular o‘zbekistonlik hamkasblariga auditoriyani jalb qilish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va OAV faoliyatidan daromad olish borasidagi tajribasini taqdim etmoqda.
Ayni paytda rossiyalik mutaxassislar ham O‘zbekiston media bozorida qo‘llanilayotgan yechimlar bilan tanishishdan manfaatdor.
Kochetkovning fikricha, bevosita muloqot va o‘zaro ishonch yangi qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vladimir Ilichev bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdoni qanday 30 mlrd dollarga yetkazishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0