O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Ikki davlat yetakchilari bu uchrashuv asnosida o‘zbek va qirg‘iz xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan qator kelishuvlarni muhokama qildilar. Eng nozik masalalalardan biri - chegara masalasi ham ijobiy yechim bilan hal etilishi e’lon qilindi.