"O‘rtamizda chegara emas, do‘stlik darvozalari bo‘ladi" - ikki prezidentdan va’da

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev va Mirziyoyev uchrashuvi - prezidentlar nima haqda gaplashdilar va qanday va’dalarni berdilar? O‘zbekiston prezidentining aytishicha, Atambayev bilan uchrashuv davomida ko‘plab nozik masalalar hal etilgan

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. 5-6 sentabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifini uyushtirdi.

Shu bugun ikki mamlakat prezidentlari tor doirada uchrashdilar va uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildilar, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Tashrif buyurganlarga yuzlanar ekan, Almazbek Atambayev "sizlar bugun tarixiy voqeaning shohidi bo‘lib turibsizlar", degan.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Mirziyoyev tashrifi haqida: bu tashrif - xalqlarimiz uchun tarixiy voqea
"Bugun biz chegaraning 85 %i belgilab olingani haqida kelishuv imzoladik, 15 %gina kelishilmagan qismi qoldi, xolos. Asosiysi siyosiy iroda, xohish-istak bor ekan har borada kelishish mumkinligiga amin bo‘ldik", — deb ta’kidlagan Qirg‘iziston prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev bu haqiqatda tarixiy kun bo‘lganini tasdiqlagan.

"Tasavvur qilyapsizmi, 25-yil ichida chegaraning bir kilometri ham belgilanmagan, bir yildan qisqa muddat ichida 85%i borasida kelishishga muvaffaq bo‘lindi", — degan Mirziyoyev.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralar orqali erkin harakatlanish imkoni to‘g‘risida masala ko‘tarilgan. Atambayev chegarani kesib o‘tishdagi qiyinchiliklar Farg‘ona vodiysi aholisi uchun ko‘plab muammolarni yuzaga keltirmoqda, deya ta’kidlagan.

"Muzokaralar chog‘ida barcha masalalar bo‘yicha fikrlarimiz mos tushdi. O‘zbekistonga uyushtiradigan safarimgacha bo‘lgan muddat ichida, o‘ylaymanki oktabr oyida u bo‘lib o‘tadi, bugungi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Barcha chegara punktlari maksimal darajada ochiq bo‘lib, odamlar ular orqali erkin harakatlanishlariga erishamiz, deb umid qilaman. Chegaralar muammolar manbai emas, balki do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik darvozasi bo‘lmog‘i lozim", — deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.

Mirziyoyev gulduros qarsaklar ostida yig‘ilganlarga bu borada hammasi bo‘lishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Atambayev va Mirziyoyev GES masalasini muhokama qilganlar.

Ilgariroq O‘zbekiston tomon Norin darosida GES qurilishiga qarshi edi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Kirgizstan s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev "Manas" aeroportida Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi
"Bugun biz suv masalalari va GES qurilishi borasida kelishuvga bora oldik. Almazbek Sharshenovich bironta ham stansiya O‘zbekiston ishtirokisiz qurilmasligini ma’lum qildi", — deb qayd etgan Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti ushbu loyihalarni amalga oshirishda o‘z davlati Qirg‘izistonni moliyaviy tomondan hamda resurslar bilan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

"Biz birgalikda Qambar-ota" GESini quramiz, u bizga zarur", — deb ta’kidlagan prezident.

Ikki davlat prezidentlari bir-birini bir necha marotaba "do‘st" va "birodar" deb atashgan va bir-birlaridan yaxshi gaplarni ayamaganlar.

Xususan, Atambayev qo‘shni mamlakatda so‘nggi bir yil ichida keskin o‘zgarishlar yuz berganini, pozitiv islohotlar hayotga tatbiq etilayotganini e’tirof etgan. Shular o‘laroq O‘zbekiston nafaqat jo‘g‘rofiy, balki siyosiy va iqtisodiy jihatdan mintaqa markaziga aylanishiga ishonch bildirgan.

"Siz so‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston kutgan progressiv yetakchisiz. Men siyosiy donishmandligingiz uchun sizga yana bir bor tashakkur bildirmoqchiman", — degan Atambayev Mirziyoyevga yuzlanib.

Mirziyoyev o‘z navbatida qisqa davr ichida Atambayev rahbarligi ostida Qirg‘izistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilganini e’tirof etgan. Qirg‘iziston yutuqlari O‘zbekiston va boshqa qo‘shni davlatlarni faqat xursand etishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0