TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi "Iftixor Sanoat" kompaniyasi Qirg‘izistonga 2 million dollarlik turli liboslar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya vakili Anna Dobrixga asoslanib nuz.uz xabar bermoqda.
U bu haqda qirg‘iz-o‘zbek biznes forumida ma’lum qilgan.
"Biznes forumda yanada ko‘proq shartnoma imzolanishini kutmoqdamiz. Ishlab chiqilgan va ko‘zda tutilgan shartnomalar mavjud", — degan kompaniya vakili.
O‘zbekistonlik yana bir tadbirkor Abdulhoshim Ismoilovning aytishicha, bu yil Qirg‘izistonga umumiy qiymati 2,7 mln dollarlik 50 turdagi poyabzal eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
"Biz O‘sh va Botken viloyatidagi kompaniyalar bilan o‘n yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz. Mana shunday biznes forumlar munosabatlarimizni yanada yaxshilaydi", — degan tadbirkor.