TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyni birlashtiruvchi transmilliy avtomagistral yo‘li qurishga kelishib olishdi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Biz Xitoygacha boruvchi O‘sh-Andijon-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘li haqida kelishib oldik. Bu eng qisqa yo‘l bo‘ladi. Yaqin vaqt ichida barcha hujjatlar imzolanadi, yuridik jihatdan kelishib olamiz va buni hayotga tatbiq etamiz", — dedi O‘zbekiston prezidenti.
Mirziyeyov shuningdek, o‘zaro uchrashuv davomida prezidentlar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish masalasini ham muhokama qilishganini bildirgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.