Ekspert Mirziyoyev va Atambayevning tarixiy uchrashuvi haqida: Eyforiyaga berilish kerak emas

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbirlari o‘zbek siyosatshunosi bilan suhbatda bo‘ldi. Ekspert Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifidan nimani kutish mumkinu, nimadan umid qilmaslik kerakligi borasida fikr yuritdi. Suhbatdoshga ko‘ra, Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifidan "eyforiyaga" berilmaslik kerak

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi. Ushbu tashrif yakuni aksariyat ekpertlar tomonidan turlicha baholandi. Ikki davlat rahbarlari esa ushbu uchrashuv — qo‘shnilar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni tubdan o‘zgartiradi, degan fikrni bildirdilar.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Mirziyoyev tashrifi haqida: bu tashrif - xalqlarimiz uchun tarixiy voqea
"O‘zbek yetakchisining qo‘shni mamlakatga tashrifi yakunini baribir o‘ta yuqori baholash kerak emas, eyforiyaga berilib, shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarmaslik lozim. O‘tgan o‘n yilliklar mobaynida ikkiyoqlama munosabatlarda shu qadar ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan-ki, ularning yechimi yetarlicha ko‘p vaqt, kuch va vosita talab qiladi", — deb fikr bildirdi ekspert.

Siyosatshunos fikriga ko‘ra, erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyati eng avvalo Qirg‘izistondagi siyosiy rejim barqarorligi va mustahkamligiga bog‘liq.

"Tan olish kerak, imzolangan hujjatlar, shunindek, yetakchilarning, ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning dadil bayonotlari aksariyat olimlar, ekspertlar, mutaxassislarni qaysidir ma’noda xushor torttirdi, hattoki, "shok"ka soldi deyish mumkin. Ular orasida inqilobiy ta’kidlar ko‘p bo‘ldi: deylik, rasmiy Toshkentning tog‘oldi darolarida gidroenergetika masalalari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini dadil o‘zgartirishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralarni aniq belgilash bo‘yicha ishlarni bunga misol keltirish mumkin", — deya izoh berdi suhbatdosh.

Shu o‘rinda ekspert o‘z-o‘ziga savol berdi: "Xo‘sh, tashrif asnosida aslida nima yotibdi — ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalarining yaxshi tayyorgarligimi yoki yangi o‘zbek yetakchisining siyosiy irodasi? Siyosatshunos bu yerda ikkinchisi ko‘proq mos tushadi, degan fikrda to‘xtadi. Va agar shunday ekan, mulohazani davom ettirdi u, u holda "barcha frontlar bo‘yicha", ayniqsa, O‘zbekistonning kuch tizimi biloki faoliyatida qo‘shimcha "nagruzka" yuzaga keladi. Axir o‘zbek siyosiy rejimi tashqi tarafdan bo‘ladigan tahdidlar, ayniqsa, terroristik xavf-xatarlarning oldini olish choralarini o‘zi uchun ustuvor vazifa sanab kelgan".

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rtamizda chegara emas, do‘stlik darvozalari bo‘ladi" - ikki prezidentdan va’da

Suhbatdosh, shuningdek, "ochiqcha gapiradigan bo‘lsak, demak boshqa qo‘shnilar, yirik ishtirokchi-davlatlar ham Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi sentabr diplomatiyasini "hazm" qilishga tayyor ekan" degan fikrni bildirdi.

"Axir bizlarning birgalikdagi dardimiz — O‘shdagi fojiaviy hodisalar — o‘z-o‘zidan yuzaga kelgani yo‘q. Bunday hodisalarni tashkil qilish uchun o‘sha vaqtdagi qirg‘iz elitasi, mahallik kriminal vakillarining pullari shunchaki yetmas edi. Demakki, ko‘p narsa Moskva, Pekin, Vashington, Brussel va hatto Ostona va Ashxobodning o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari normallashuvi jarayoniga hech bo‘lmasa bilvosita bo‘lsa ham qo‘shilishga tayyorligini anglatadi", — deya xotima qildi ekspert.

Pervie ledi derjalis za ruki — kak Atambayevi provojali chetu Mirziyoyevix - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Mirziyoyevni qanday kuzatib qo‘ydi
Ekspert shu bilan birga ikkala davlatda ham bir-biriga yaqin bo‘lish istagi kuchli ekanligini, ikki xalq bir-biriga talpinayotganini, me’daga tegib ketgan bojxona to‘siqlarini sindirib, chegaraning u tomonida bo‘lgan qarindoshlarinikiga yugurish istagi hammada kuchli ekanini ta’kidladi… Ammo jahon tarixi shundan saboq beradi-ki, shu singari barchaga tushunarli psixologiyani hayotga tatbiq etish uchun ham "to‘lov" kerak. Busiz bo‘lmaydi.

"Bularning barchasi, meni kechirasizu, pul turadi. O‘z fuqarolari istaklarini amalga oshirish uchun ikki davlatda nafaqat siyosiy balki moliyaviy imkoniyatlari yetarlimi — buni vaqt ko‘rsatadi", — deb suhbatga yakun yasadi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0