Atambayev va Mirziyoyev birgalikda GES qurish haqida kelishib olishdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qirg‘izistonda Qambar-Ota GESi qurilishida faol ishtirok etadi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Almazbek Atambayev va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuv davomida Qirg‘izistonda yangi GESlar qurish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz bu masala bo‘yicha kelishib oldik. Almazbek Sharshenovich O‘zbekiston ishtirokisiz birorta ham GES qurilmasligiga ishontirdi", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyov, shuningdek, Qirg‘izistonda O‘zbekiston Qambar-Ota GESi qurilishida ham faol ishtirok etishin ta’kidladi.

"U bizga kerak. Agar biz hamma ishni to‘g‘ri qilsak bu ikkala davlatga ham foydali bo‘ladi", — dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekiston Qirg‘izistonda yangi GESlar qurilishiga mutlaq qarshi edi, qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash masalasi birinchi o‘rinda turar edi.

Yangiliklar lentasi
0