O‘zbekiston va Tojikiston chegarasi orqali 9 ta o‘tish punkti tantanali ravishda ochildi. O‘zbekiston TIV "Ko‘lob-Moskva" yo‘nalishi bo‘ylab birinchi yo‘lovchi poyezdi "Amuzang" temir yo‘li o‘tkazish punkti orqali 7-martdan qatnashini xabar qildi.
Bu - ikki davlat o‘rtasida 2010-yilda qurilgan balandligi 3 metr va uzunligi 10 metrlik to‘siqning buzib tashlanishidan keyin eng shov-shuvli va intizorlik bilan kutilgan yangilik bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga safari esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishi kutilayapti.