TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun O‘zbekiston poytaxti markazidan yer ajratiladi. Qurilish ishlari Tojikiston budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Ajratilgan yerda elchixona binosidan tashqari, Tojikiston diplomatlari uchun uy-joy, diplomatik vakolatxona uchun kerakli bo‘lgan boshqa obyektlar quriladi, deb yozadi Podrobno.uz.
Barcha qurilish va obodonlashtirish ishlari Tojikiston budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.