O‘zbek-tojik do‘stligi ramzi: Rishtonda ochilgan bog‘chadan Sputnik reportaji

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rishton tumanida Tojikiston hukumati qurib bergan 200 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli bolalar bog‘chasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Sentabr oyi oxirida, shu haftada Farg‘ona viloyatining ko‘hna Rishton tumanida 200 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli bolalar bog‘chasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirni, ayniqsa, mahalliy aholi intiqlik bilan kutganini tashrif buyuruvchilar sonidan hamda to‘plangan aholining bir-biriga: “Butun Rishton shu yerda-ku, prezident kelsa kerak-da, a?” degan savolomuz murojaatlaridan ilg‘ab olish mumkin edi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
"Kapalak" deb nomlangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etishda odatiy loyihalardan voz kechilgan. Bog‘cha o‘z nomiga monand ravishda - kapalaksimon shaklda qurilgan rang-barang inshoot bo‘lib, tomoshaga kelganlar "juda chiroyli-ku", deya hayratini yashirolmadilar. Sezish qiyinmas-ki, yangi bog‘cha mamlakatda hukm surayotgan kuzning bulutli kunlarida ham rishtonliklar kayfiyatini ko‘tarishi aniq.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
MTTning ochilish marosimini yoritish uchun tadbirga kelgan rishtonlik bloger, pechkachi sifatida tanilgan Dima Qayum bugungi voqea o‘zi uchun “kutilmagan” bo‘lganini tan oladi. “To‘g‘risi, kun kelib, Tojikiston hukumati O‘zbekistonda bog‘cha quradi, deb hecham o‘ylamaganman, kutmaganman. Bu voqeani tarixiy voqea, deb e’tirof etsak, to‘g‘riroq bo‘lardi. O‘zbek-tojik millatlari do‘stligining bunday ramzlari mamlakatda ko‘payaversin, qishloq joylarimizda mana shunday bog‘chalar yosh avlodlarimiz uchun qurilsa, shaxsan men juda xursand bo‘lardim”, - deydi u Sputnik muxbiri bilan suhbat davomida.
Albatta, yosh avlod, rishtonlik bolajonlar bog‘chaning tashqi ko‘rinishi, obyekt go‘zalligidan ta’lim olmaydilar. Yangi ochilgan 63-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tanlov asosida jami 53 nafar xodim ishga qabul qilingan, ulardan 12 nafari oliy ma’lumotli pedagog.
Qolaversa, bog‘chada bolalarni keyingi bosqich - maktabga sifatli tayyorlash uchun barcha-shart-sharoitlar yaratilgan.
Bog‘cha ochilishi marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan bosh qahramonlar – diplomatlardan tortib, vazirlar, Farg‘ona viloyati hokimiyati vakillarigacha bo‘lgan oliy mehmonlar to‘plangan aholi oldida chiqish qilib, o‘zbek-tojik xalqlarining azaliy do‘stligi haqida so‘zlar ekan, ikki xalq do‘stligining yorqin namunalari bo‘lgan ikki buyuk siymo – Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodidan namunalar o‘qib berdilar. Tadbir salkam mushoiraga aylandi va aholining davomli qarsaklari bilan olqishlandi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Va nihoyat, uzoq kutilgan ochilish marosimi boshlandi. Shu bog‘chaga farzandlarini olib keladigan ota-onalarni shaxsan qutlagani kelgan O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin o‘z nutqida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda oladigan ta’limi, uning keyingi hayot bosqichlarida muhim rol tutishi haqida gapirdi.
Vazir Shinning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ta’lim 7ta tilda, jumladan, tojik tilida olib boriladi. Respublikada tojik tilida ta’lim olib boriladigan 256ta maktab va 52ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. “Kapalak” MTT esa 53-sonli shu yo‘nalishdagi bog‘cha bo‘ladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Vazir yangi bog‘cha bolalar bilim olishlari, ma’nan va jismonan kamol topishlari uchun ajoyib imkoniyatlar makoni bo‘lishiga qat’iy ishonch bildirdi.
“Kapalak" - ikki birodar xalq o‘rtasida xalqlar do‘stligi ramzi bo‘lib qoladi. Yer sayyorasida insonlar hamisha bir-birlari bilan do‘st bo‘lishlari, farzandlarimiz yuzidan tabassum arimasligi va bolalarimiz albatta bog‘chaga borishlari shart”, deya o‘z nutqiga yakun yasadi Agrippina Shin.
Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ham tadbir davomida so‘zga chiqib, barcha to‘planganlarni ushbu maktabgacha ta’lim muassassi ochilishi marosimi bilan Tojikiston hukumati nomidan chin qalbdan tabrikladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
Posol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Posol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
Rahmonzoda o‘z chiqishida, nega bog‘cha aynan ko‘hna Rishton tumanida barpo etilganiga aniqlik kiritib o‘tdi. Diplomatning ta’kidlashicha, Farg‘ona viloyati - tojik va o‘zbek xalqlarini tarixan birlashtirgan zamin sanaladi.
"Sobiq sho‘rolar davrida farg‘onaliklar Tojikistonning yuksalishi, ko‘plab sohalarda rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Farg‘onalik mirishkor dehqonlar Tojikiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Farg‘onalik dehqonlar maktabi tojikistonlik dehqonlar uchun ibrat maktabi hisoblanadi", - deya qayd etdi siyosatchi.

"Bugungi voqea - ikki mamlakat prezidentlarining o‘zbek va tojik do‘stligiga keng e’tibor qaratishlari natijasi, bu do‘stlik va hamkorlikning asosiy ildizi va samarasidir", - dedi elchi o‘z nutqi yakunida.

Tojikiston va O‘zbekiston ta’lim sohasida ahil qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kabi azaliy an’analar asosida ish yuritadilar.
Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Imomzoda Mahmadusufning ta’kidlashicha, aynan shunday an’analar asosida ikki davlat bir nechta yirik ta’lim loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadusuf Imomzoda
Ministr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadusuf Imomzoda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Ministr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadusuf Imomzoda
Jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashriflaridan so‘ng “ikki xalqning xohish-istaklarini hisobga olib, namoyon etilgan qat’iy siyosiy iroda” tufayli erishilgan kelishuvlar doirasida Samarqand viloyati Urgut tumanida Tojikiston hukumati mablag‘i hisobiga ta’lim muassasasi barpo etilgan bo‘lsa, bunga javoban Tojikistonning So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida O‘zbekiston hukumati hisobiga qurilgan ta’lim muassasasi o‘z ishini boshladi va bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari taraqqiyotining yorqin va noyob ko‘rsatkichi sanaladi, dedi Imomzoda.
"Kapalak" bolalar bog‘chasining qurilishi 2019-yilning mart oyida boshlangan. Obyekt barcha xalqaro talablarga javob beradi va bolalar sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, 200 tarbiyalanuvchini o‘z bag‘riga oladi. Bog‘chada 16ta o‘quv sinflari mujassam. Shuningdek, birinchi sinfga qadam qo‘yadiganlar uchun alohida tayyorlov xonalari ham bor.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Bundan tashqari, o‘yin xonalari, tibbiyot xonasi, oshxona, tarbiyalanuvchilar uchun alohida xona, kiyim almashtirish xonasi va boshqa tegishli xonalar mavjud.
Ikki yildan sal oshiq muddat qurilgan MTTga 1,4 mln dollar mablag‘ sarflangan.
Tantanali ochilish marosimi raqs va o‘yin-kulgiga aylanib ketdi. O‘zbegu tojik kuylari, ashulalariga barcha yig‘ilganlar birday raqsga tushdi... Shunday qilib, kelajakni ko‘zlab, avlodlar ko‘nglida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun boshlangan tadbir shu kunning o‘zidayoq o‘z hosilini bera boshladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSeremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Seremoniya otkritiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Seremoniya otkritiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Aytgancha, rishtonliklar kutgan prezident nega bog‘chaning ochilish marosimida qatnashmagani haqida.
24 sentabr kuni O‘zbekiston rahbari o‘z ish rejasi jadvaliga ko‘ra, ko‘hna Samarqand viloyatiga saylovchilar bilan uchrashish uchun jo‘nab ketgan edi.
Mirziyoyev garchi, Rishtonga kela olmagan bo‘lsa-da, biroq xalq bilan uchrashuvda qo‘ni-qo‘shnichilik, do‘stlik rishtalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Tojikistonga borganimizda qancha uchrashuvlar o‘tkazganimizdan xabaringiz bor. Turkmaniston prezidenti, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov o‘sha yerda O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi. Suv masalasida, chegara masalasida juda muhim muammolarni yechib olishimiz kerak. Qirg‘iziston bilan chegara muammosini sobiq prezident Almaz Atamboyev bilan 57 foizga hal qilgan edik. Qolgan qismini amaldagi prezident Sadir Japarov bilan yechapmiz. <...> Rivojlangan, yirik davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lsak, ular bizga – agar o‘z qo‘shnilaring bilan do‘st bo‘la olmasang, qanday qilib bizga do‘st bo‘lasan, demaydimi?”
Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi uchrashuvda aytgan gaplaridan iqtibos. Iqtibosdagi oxirgi gap esa prezident Mirziyoyevning qo‘shni davlatlar bilan munosabatda amalga oshirayotgan siyosati bosh g‘oyasining eng sodda ifodasidir.
Mintaqadagi davlatlar joylashuvi, iqlim va shart-sharoitning o‘zi Markaziy Osiyo davlatlarini bahamjihat yashashini talab qiladi. Ya’ni, muammo va masala har doim bo‘ladi. Asosiysi, millatlarning bir-birini tushunishi va yuzaga kelayotgan masalalarni o‘zaro kelishgan holda hal etib borishi. Buning uchun esa nafaqat muammolarni hal etish, avlodlarni shu ruhda tarbiyalash lozim. Chunki ular har doim yonma-yon yashaydilar.
Seremoniya otkritiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Rishton tumanida Tojikiston mablag‘i hisobidan qurilgan bog‘cha ochildi
Kelajak avlod mintaqa yagona uylari ekanini his etib yashashlari kerak.
Mintaqaning siyosiy rahbarlari "bugun va hozir", degan aqidaga o‘ralashib qolmay, ertangi kun, kelajak avlod haqida ham o‘ylashayotgani olqishga sazovor.
Bir so‘z bilan aytganda, mintaqada qardoshlik, do‘stlik va o‘zaro ishonch ruhini mustahkamlash borasida xayrli ishlar qilinmoqda. Bunda ayniqsa, bolalar darajasidagi tadbirlarning samarasi hammasidan ta’sirchan va mustahkam bo‘lishi shubhasiz. Chunki ularning jajji ongiga singdirilgan do‘stlik va ishonch urug‘lari bir kun kelib millatlar miqyosida o‘z hosilini beradi.
Yangiliklar lentasi
0