TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston viza cheklovlarini bekor qilishga kelishib oldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"Shu kunlarda O‘zbekiston hukumati Tojikistonda safarda bo‘ldi, u yerda ma’lum kelishuvlarga erishildi. Bitim (vizalarni bekor qilish bo‘yicha — tahr.) prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari vaqtida imzolanadi", — dedi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu juda jiddiy qadam, va bu ishni amalga oshishini ikkala tomon xalqlari ham katta umid bilan kutishmoqda.
"Ishonchimiz komilki, qarindoshlarnikiga bo‘ladigan safarlar miqdori ortadi, shuningdek bu tibbiy turizmning rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi, Tojikiston fuqarolari Samarqandga, Buxoroga va Xivaga kelishadi. Biz keladiganlar soni 150-200 ming bo‘lishini kutmoqdamiz", — dedi u.
Ayni vaqtda tomonlar Samarqand, Buxoro va Dushanbe o‘rtasidagi parvozlarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.