https://oz.sputniknews.uz/20210309/zbekiston-sddagi-temir-yl-elektr-uzatish-liniyasi-urilishini-tli-moliyalashtiradi-17475738.html
O‘zbekiston So‘g‘ddagi temir yo‘l elektr uzatish liniyasi qurilishini to‘liq moliyalashtiradi
O‘zbekiston So‘g‘ddagi temir yo‘l elektr uzatish liniyasi qurilishini to‘liq moliyalashtiradi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. "Tojikiston temir yo‘llari" DUK va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ("O‘zbekiston temir yo‘llari") o‘rtasida So‘g‘d viloyatida elektr uzatish
2021-03-09T18:52+0500
2021-03-09T18:52+0500
2021-03-09T18:55+0500
iqtisod
o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1b/15266402_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6ca17fbf835d110a3fb6a98e9b412d79.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. "Tojikiston temir yo‘llari" DUK va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ("O‘zbekiston temir yo‘llari") o‘rtasida So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston manbasi.Ta’kidlanishicha, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda."So‘g‘d viloyatida poyezdlar uchun elektr uzatish liniyasini barpo etish vazifasini O‘zbekiston tomoni to‘liq o‘ziga olmoqda. Ishlar yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda”, - deb ma’lum qildi tojik kompaniyasidagi manba.Olingan ma’lumotga ko‘ra, poyezdlar tranziti uchun Tojikistondagi Spitamen tumanidan Konibodom stansiyasiga qadar Elektr uzatish liniyalari qurilishi 108 kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi.Ekspertlar fikricha, ushbu loyiha poyezdlarning to‘xtovsiz harakatlarishini ta’minlaydi hamda ikkala qo‘shnilar o‘rtasida tovar eksporti va importi hajmini ortishiga xizmat qiladi.Boshqa tomondan, elektrovozlar dizel yoqilg‘ida yuradigan teplovozlarga qaraganda rentabelligi past va ekologik jihatdan ustundir.Shuni ta’kidlash joizki, deb yozadi nashr, shu paytga qadar tojik tomoni elektrovozlar yo‘qligi tufayli poyezdlar tranzitini, shu jumladan, o‘zbek poyezdlari tranzitini ham teplovozlar yordamida amalga oshirgan.Ammo har bir lokomotiv quvvati 3 ming ot kuchiga teng bo‘lib, ular uchun ko‘p miqdorda dizel yoqilg‘i talab etiladi.Manba so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasi barpo etilganidan so‘ng, mintaqa bo‘ylab yiliga 32 mingta poyezd harakatlanadi va buning oqibatida tovarlar importi/eksporti hajmi oshib, ikkala qo‘shni davlatlar iqtisodiyoti rivojiga impuls bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210203/Mozori-Sharif--obul--Peshavor-temir-yli-urish-byicha-yl-kharitasi-imzolandi-15926056.html
https://oz.sputniknews.uz/20190820/Rossiya-zbekistonga-yana-beshta-elektrovoz-etkazib-beradi-12267940.html
https://oz.sputniknews.uz/20210227/Tozhikiston-zbekistonliklar-uchun-chegarani-achondan-ochadi---vazir-izoi-16087267.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1b/15266402_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_899981eddb52a36a8ef9bc99afaea30a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
iqtisod, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
O‘zbekiston So‘g‘ddagi temir yo‘l elektr uzatish liniyasi qurilishini to‘liq moliyalashtiradi
18:52 09.03.2021 (yangilandi: 18:55 09.03.2021) Tojikiston va O‘zbekiston tomoni shartnoma imzolashgan bo‘lib, unga ko‘ra Toshkent So‘g‘d viloyatidagi hududda temir yo‘l elektr uzatish liniyasi qurilishini to‘liq o‘z zimmasiga oladi
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. "Tojikiston temir yo‘llari" DUK va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ("O‘zbekiston temir yo‘llari") o‘rtasida So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston manbasi.
Ta’kidlanishicha, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
"So‘g‘d viloyatida poyezdlar uchun elektr uzatish liniyasini barpo etish vazifasini O‘zbekiston tomoni to‘liq o‘ziga olmoqda. Ishlar yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda”, - deb ma’lum qildi tojik kompaniyasidagi manba.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, poyezdlar tranziti uchun Tojikistondagi Spitamen tumanidan Konibodom stansiyasiga qadar Elektr uzatish liniyalari qurilishi 108 kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi.
Ekspertlar fikricha, ushbu loyiha poyezdlarning to‘xtovsiz harakatlarishini ta’minlaydi hamda ikkala qo‘shnilar o‘rtasida tovar eksporti va importi hajmini ortishiga xizmat qiladi.
Boshqa tomondan, elektrovozlar dizel yoqilg‘ida yuradigan teplovozlarga qaraganda rentabelligi past va ekologik jihatdan ustundir.
Shuni ta’kidlash joizki, deb yozadi nashr, shu paytga qadar tojik tomoni elektrovozlar yo‘qligi tufayli poyezdlar tranzitini, shu jumladan, o‘zbek poyezdlari tranzitini ham teplovozlar yordamida amalga oshirgan.
Ammo har bir lokomotiv quvvati 3 ming ot kuchiga teng bo‘lib, ular uchun ko‘p miqdorda dizel yoqilg‘i talab etiladi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatida elektr uzatish liniyasi barpo etilganidan so‘ng, mintaqa bo‘ylab yiliga 32 mingta poyezd harakatlanadi va buning oqibatida tovarlar importi/eksporti hajmi oshib, ikkala qo‘shni davlatlar iqtisodiyoti rivojiga impuls bo‘ladi.