https://oz.sputniknews.uz/20210423/abdulla-aripov-xojandda-rasulzoda-bilan-uchrashuv-otkazadi-18463217.html
Abdulla Aripov Xo‘jandda Rasulzoda bilan uchrashuv o‘tkazadi
Abdulla Aripov Xo‘jandda Rasulzoda bilan uchrashuv o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini... 23.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-23T12:23+0500
2021-04-23T12:23+0500
2021-04-23T12:24+0500
siyosat
o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/79/6737941_0:224:2847:1825_1920x0_80_0_0_62f7cc453b4b67671c25a03d78cdda9a.jpg
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi Koxir Rasulzoda bilan Xo‘jandda uchrashadi. Bu haqda Tojikiston TIV xabariga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.“Dushanbe va Xo‘jandda qator masalalarda tojik-o‘zbek muzokaralari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Dushanbega O‘zbekistonning turli vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi yetib borishgan.Rejaga ko‘ra, yaqin kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika xarakteridagi masalalarni muhokama qiladilar.Bundan tashqari, Aripov va Rasulzoda sanoat, qishloq xo‘jaligi singari sohalarda hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan.Ekspertlar ishi natijalari Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlarining 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi davomida taqdim etiladi.Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi taxminan 2021-yil iyun oyining birinchi yarmiga rejalashtirilgan.Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, bosh vazirlar bo‘lajak yuqori darajadagi tadbir dasturini, shu jumladan mamlakatlar o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishlarini xabar qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210422/shavkat-mirziyoev-iyun-oyida-tojikistonga-safar-qiladi-18452558.html
https://oz.sputniknews.uz/20210421/tojikiston-va-ozbekiston-ortasida-aviareyslar-soni-kopayadi-18440431.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/673/79/6737941_57:0:2788:2048_1920x0_80_0_0_44a3edba4fadc71f3a412cbcae69fd7d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
siyosat, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
Abdulla Aripov Xo‘jandda Rasulzoda bilan uchrashuv o‘tkazadi
12:23 23.04.2021 (yangilandi: 12:24 23.04.2021) Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi Koxir Rasulzoda bilan Xo‘jandda uchrashadi. Bu haqda Tojikiston TIV xabariga tayangan holda
Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
“Dushanbe va Xo‘jandda qator masalalarda tojik-o‘zbek muzokaralari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Dushanbega O‘zbekistonning turli vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi yetib borishgan.
Rejaga ko‘ra, yaqin kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika xarakteridagi masalalarni muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, Aripov va Rasulzoda sanoat, qishloq xo‘jaligi singari sohalarda hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Ekspertlar ishi natijalari Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlarining 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi davomida taqdim etiladi.
Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.
Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi taxminan 2021-yil iyun oyining birinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, bosh vazirlar bo‘lajak yuqori darajadagi tadbir dasturini, shu jumladan mamlakatlar o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishlarini xabar qilgan.