Ikramov O‘zbekiston va Tojikiston taxminan necha million dollarlik shartnoma imzolashini aytdi

© Mejdunarodniy Press-klubPredsedatel Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana Adxam Ikramov
Predsedatel Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana Adxam Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida qator eksport-import shartnomalari imzolanishi kutilmoqda

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan hamkorlik uchun har yili yangi yo‘l xaritasini tayyorlaydi, dedi Sputnik O‘zbekiston radiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston SSP raisi Adham Ikramov.

Predsedatel TPP RUz Adxam Ikramov - Sputnik O‘zbekiston
Ikramov: O‘zbekistonda investitsiyalar uchun to‘siqlar yo‘q qilingan
"Biz O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik. Ayni vaqtda investitsiya paketlariga egamiz. Bizning tomondan va Tojikiston tomonidan bu taxminan 15-20 million dollarni tashkil etadi, O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi doirasida ushbu eksport-import shartnomalarini imzolashni rejalashtirmoqdamiz", — deb ta’kidladi O‘zbekiston SSP raisi.

Ikramovning aytishicha, tashkil etilayotgan kengashda har bir tomondan 15 nafardan vakil bo‘ladi. Ular amaldorlar, biznesmenlar va ikki mamlakat Savdo-sanoat palatasi vakillari bo‘lishi aytilmoqda.

Ushbu yangi guruhning birinchi majlisi tez vaqtda bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi esa joriy yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0