O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida aholi uchun qulay post ochildi

Obuna bo‘lish
Fuqarolar uchun nazorat-o‘tish punkti soddalashtirilgan tartibda ishlamoqda

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Andarxon" o‘tish punkti ochildi.

Jeleznodorojnie puti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo‘lni tiklamoqda

Uzbekistan24 telekanali xabar berishicha, fuqarolar uchun nazorat-o‘tish punkti soddalashtirilgan tartibda ishlamoqda.

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi "Andarxon-Patar" nazorat-o‘tish punkti 10-fevral kuni ochildi.

O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda tashqi siyosat yo‘nalishida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishdi, shu jumladan Tojikiston bilan munozarali masalalar bo‘yicha.

O‘zbekiston va Tojikiston viza va chegara bo‘yicha muammoli masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Fuqarolarning o‘zaro tashriflari bo‘yicha yangi hujjat tasdiqlanadi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolar bir oy davomida vizasiz yurishlari mumkin.

2018 yil birinchi choragida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0