https://oz.sputniknews.uz/20210607/asadov-mirziyoevning-tojikistonga-tashrifidan-nimalar-kutilayotgani-haqida-gapirdi-19120907.html
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar. 07.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-07T12:50+0500
2021-06-07T12:50+0500
2021-06-10T13:02+0500
o‘zbekiston
tojikiston
o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19002319_0:69:1280:790_1920x0_80_0_0_701c3b87f7e617dc41f74eac25780cd0.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Tojikiston bilan hamkorlikda bironta sohada cheklovlar qo‘ymaganmiz, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov.Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari amalga oshadi va O‘zbekiston ushbu tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqda. "Tojikiston bilan tumanlararo hamkorlik orqali o‘zaro aloqalarning mutlaqo yangi bosqichiga chiqmoqdamiz va, umid qilamizki, bu yangi amaliyot samarali bo‘ladi hamda yaqin kelajakda o‘z natijalarini berishni boshlaydi. Umuman olganda, ushbu tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqdamiz, salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan va ular o‘zaro savdo aloqalarimiz yanada rivoj topishiga zamin yaratadi", - deya qayd etdi prezident matbuot-kotibi.Asadovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.Avvalroq Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qilgan edi.O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar. O‘tgan yil pandemiya sharoiti va buning oqibatida yuzaga kelgan ma’lum qiyinchiliklarga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash 500 million dollarga yetkazilgan va bugungi kunda O‘zbekistonda 200ga yaqin o‘zbek-tojik qo‘shma korxonalari faoliyat yuritib keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210606/ozbekiston-va-tojikiston-yirik-shaharlar-ortasida-avtobus-qatnovini-tiklashni-muhokama-qildi-19109663.html
https://oz.sputniknews.uz/20210522/ozbekiston-va-tojikiston-chegarada-demarkatsiya-ishlarini-davom-ettirishga-kelishib-oldi-18858567.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19002319_0:0:1280:961_1920x0_80_0_0_beb4c2eb12e81eed8f7ef0d1c7812f7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, tojikiston, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
o‘zbekiston, tojikiston, o‘zbekiston – tojikiston do‘stligi, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
12:50 07.06.2021 (yangilandi: 13:02 10.06.2021) O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Tojikiston bilan hamkorlikda bironta sohada cheklovlar qo‘ymaganmiz, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov.
Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari amalga oshadi va O‘zbekiston ushbu tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqda.
"Tojikiston bilan tumanlararo hamkorlik orqali o‘zaro aloqalarning mutlaqo yangi bosqichiga chiqmoqdamiz va, umid qilamizki, bu yangi amaliyot samarali bo‘ladi hamda yaqin kelajakda o‘z natijalarini berishni boshlaydi. Umuman olganda, ushbu tashrifdan ko‘p natijalarni kutmoqdamiz, salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan va ular o‘zaro savdo aloqalarimiz yanada rivoj topishiga zamin yaratadi", - deya qayd etdi prezident matbuot-kotibi.
Asadovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Avvalroq Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qilgan edi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar. O‘tgan yil pandemiya sharoiti va buning oqibatida yuzaga kelgan ma’lum qiyinchiliklarga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash 500 million dollarga yetkazilgan va bugungi kunda O‘zbekistonda 200ga yaqin o‘zbek-tojik qo‘shma korxonalari faoliyat yuritib keladi.