Tojikiston O‘zbekistonga qachondan boshlab elektr yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishGRES
GRES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoz mavsumida O‘zbekiston Tojikistonga bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent, qishda – bir kilovatt uchun 2,5 sentdan to‘laydi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Dushanbe va Toshkent O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Linii elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston ham O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni mo‘ljallamoqda

"Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi. Tojikiston elektr energiyasining qo‘shni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi", — deyiladi xabarda.

Kelishuvga muvofiq, yoz mavsumida O‘zbekiston Tojikistonga bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent, qishda – bir kilovatt uchun 2,5 sentdan to‘laydi.

"Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari hozircha nihoyasiga yetmadi. Bu yo‘nalishdagi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda respublika O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0