Rossiyalik reanimatolog: O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin
Rossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga COVID-19 epidemiyasi oldini olishda ko‘maklashish uchun kelgan rossiyalik shifokorlar delegatsiyasi rahbari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘zbek hamkasblar bilan ko‘pincha qanday masalalarni muhokama etayotgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelishgani haqida gapirdi

— Rossiya delegatsiyasining respublikaga missiyasi haqida gapirsangiz. Qaysi regionlarda bo‘lishga ulgurdingiz yoki borishni rejalashtirmoqdasiz?

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

— Moskva, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Tataristondan bir guruh bo‘lib - 40 kishiga yaqin mutaxassislar tashrif buyurganmiz. Tashrifimizning ertasi kuniyoq guruhlarga taqsimlandik va O‘zbekiston regionlari bo‘ylab yo‘l oldik. Hozirda Urganch, Toshkent, Samarqand, Termiz va Jizzax viloyatlarida faoliyat olib borapmiz.

Har bir guruhda zarur mutaxassisga ega shifokorlar bor: anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, pulmonolog, kardiolog, pediatr, jarroh. Toshkentda Zangiota tumanida, epidemiologiya ITI va virusologiya ITIda joylashdik, hozirda guruh Shoshilinch tez tibbiy yordam markazida faoliyat yuritmoqda. Bizga yordam so‘rab murojaat qilgan bemorlar mavjud bo‘lgan istalgan muassasaga boramiz. Guruhimizdagi shifokorlarning barchasi bir necha oylar davomida qizil zonada ishlash tajribasiga ega. O‘zbekistonda ham bevosita qizil zonada, bemor yotgan joyning o‘zida, ordinatorlik xonasida, shifokorlar bilan birgalikda ish olib borayapmiz va sog‘liqni saqlash tizimi duch kelayotgan murakkab masalalarga yechim topmoqdamiz.

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik shifokorlar qaysi klinikalarda ishlamoqda?

Asosiy vaqtimiz bemorlar yotgan statsionarlarda kechmoqda. Yordam berayapmiz, maslahatlashuvlar o‘tkazayapmiz, shifokorlar duch kelishayotgan eng murakkab holatlarni muhokama qilib, tajriba almashayapmiz. Mutaxassislarimiz kuniga 500ga yaqin bemorlarni ko‘zdan kechirishmoqda – gap eng og‘ir holatlar haqida borapti. Davolash ishlari protokol asosida bajarilmoqda. Ammo savollar tug‘dirayotgan individual holatlar ham bor. Shunday vaziyatlarda Rossiya xizmatidan vrachlar bu masalaga jalb etilmoqda.

— Hamkasblaringizning koronavirusga qarshi faoliyatini qanday baholaysiz? Biror qiziq metodika va ishlanmalar bormi?

Vrach s patsiyentom v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik shifokor O‘zbekistonda bemorlar qanday davolanayotganini aytib berdi

— O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar bizda haqiqatda katta taassurot qoldirdi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ikki ming o‘rinli katta shifoxona qurilgan - bu epidemiologik xavfsizlik va yordam talablariga javob beradigan zamonaviy bino. Bularning hammasi ikki oydan qisqaroq bo‘lgan vaqt ichida amalga oshirilgan va bu tahsinga sazovordir. Hozirda qurilish ishlari davom ettirilmoqda, hajmlar oshirilmoqda. Bu O‘zbekistonda infeksiya tarqalishi xavfi va o‘lim darajasini sezilarli pasaytirgan muhim loyihadir.

V Tashkente mujchina pitalsya prodat blokatori virusov za 306 millionov sumov - Sputnik O‘zbekiston
Virus blokatorlari reklamasi yolg‘on - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Agar muammolar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular ushbu virusning mutlaqo yangiligi bilan, hech kim bunga qadar unga duch kelmagani bilan izohlanadi. Shu bois turli mutaxassislikka ega va hatto yuqumli kasalliklarni davolashdan ancha yiroq bo‘lgan yo‘nalishdagi shifokorlarni ham jalb etishga to‘g‘ri kelmoqda. Muammoning birgalikdagi yechimi Rossiya uchun ham, O‘zbekiston uchun ham birdek foydali bo‘ladi.

— Sizning fikringizcha, respublikadagi holat nimani hisobiga barqarorlashdi?

— Infeksion kasallik tarqalganda qarshi epidemiologik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha qarorlarning qanchalik tezlikda qabul qilinishi muhim rol o‘ynaydi: karantin joriy etish, niqob va qo‘lqoplar taqish, odamlarning harakatlanishiga doir cheklovlar va ular orasidagi muloqotning qisqartirish, jamoat joylari va sport obyektlarini yopish. Bu avj olishni sezilarli pasaytirdi.

Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar “tojdor virus”ga qarshi o‘ziga xos immunitetni aniqladi

Ikkinchi, muhim omillardan biri – tez tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish va zamonaviy uskunalarga ega taqsimlash markaz hamda kasalxonalarning ochilishidir. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, xuddi Rossiyadagi vazirlik singari kasallikni davolash bo‘yicha qator metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqqan, respublikaning yetakchi va old mutaxassislarini jalb qilgan, jahon tajribasini kuzatib kelgan. Bularning barchasi o‘z mahsulini berdi, albatta.

— O‘zbekistonlik hamkasblaringiz ko‘proq qanday savollar bilan murojaat qilishdi? Bo‘linmalarni borib ko‘rganlaringizdan so‘ng, qanday tavsiyalarni berishga ulgurdingiz?

— Bunday bemorlarni davolash butun dunyoda ishlab chiqilgan protokol asosida olib boriladi. U statsionarga olib kelinganda ma’lum turdagi tekshiruvlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, davolash metodlari sifatida standart yondashuvlar tanlanadi: ular virusga qarshi, patogenetik, mikroblarga qarshi va antikoagulyant davolash, simptomatik davolashlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda shifokorlar foydalanayotgan o‘sha protokolda tibbiy yordamning barcha turi mujassam. Ammo bu pozitsiyalarni badarishda ma’lum detallar mavjud, chunki qaysidir bemorda bir vaqtning o‘zida boshqa kasalliklar bo‘lishi, shu bois bemorlarning barchasi kasalxonalarga turli holatlarda olib kelinishi mumkin.

Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish soni ko‘payishi sababi nimada – virusolog

Bu singari nyuanslar jiddiy tahlilni, intizomiy yondashuv va turli mutaxassislikka ega shifokorlar ishtirokini talab qiladi.

Gap bu yerda biz hamkasblarimizga ular bilmagan narsalar haqida gapirganimiz haqida bormayapti, biz shunchaki tajriba almashdik va barcha muhim yo‘nalishlar: deylik, ko‘rsatmalar, patogenetik davolash, gormonal va mikroblarga qarshi preparatlarni qachon va qanday ishlatish, bu bosqichlarning har birida qaysi analizlarni biz muhim hisoblashimiz singari masalalarni muhokama qilib, munozaralar o‘tkazdik.

Umid qilamizki, Rossiya infeksion gospitallarining tajribasi bu yerda qo‘l keladi va davolash sifatlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

— Ko‘plab davlatlarda IVL apparatlariga talab oshgani kuzatilmoqda. O‘zbekiston ham ushbu uskunalar importini oshirdi va hatto ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Ammo COVID-19ga chalingan bemorlar o‘pkalarida sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish samaradorligi bo‘yicha turli qarashlar mavjud. Sizning bu borada pozitsiyangiz qanday va ushbu masalada maslahatlashuvlar o‘tkazilyaptimi?

Gospital COVID-19 v sentre MGU imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “Aventa” IVL apparatlaridan foydalanish taqiqlandi

— Munozaralar va muhokamalarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — respirator terapiyadan foydalanishdir. Statsionarga olib kelinayotgan bemorlarning aksariyati, nafas olish tizimida buzilishlar ro‘y bergan, havo va kislorod yetishmovchiligi kuzatilayotgan va ular tibbiy yordam uchun murojaat qilishga majbur bo‘lgan bemorlar. Albatta, bunday holat davolash uchun ancha kechikkan hisoblanadi, ammo baribir statsionardagi bemorlarning aksariyati respirator qo‘llab-quvvatlovning turli usullariga muhtoj bo‘lishadi. Kislorod ventilyatsiyasining eng oddiy usuli burun katetorlari orqali amalga oshiriladi. Infeksiyani yuqtirgan bemorlarning 80%i kasalxonalarga yengil va o‘rta formadagi kasallik bilan kelib tushishlari sababli, ular aynan shu turdagi davolashga muhtoj bo‘lishadi. Bu muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan davolash bo‘lib, bunda shu guruhdagi bemorlarning barchasi sog‘ayib ketadilar.

Bemorlarning taxminan 20%i uchun bunday davolash yetarli bo‘lmaydi. Ularga respirator davolashning boshqa usullari zarur bo‘ladi. Shunday holatlarda, O‘zbekistondagi shifokorlar, butun jahondagi singari, nafasni qo‘llab-quvvatlashning noinvaziv, agressivligi pastroq bo‘lgan usullaridan foydalanishga harakat qilishadi. Shunday usullardan biri CPAP-terapiya bo‘ladi, bunda bemor o‘zi nafas oladi, apparat esa kislorod bilan to‘yingan iliq aralashmani nafas olishiga yordam beradi.

Simulyatsionniy sentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Kasalxonalar Yaponiya mablag‘i evaziga sun’iy nafas oldirish qurilmalari bilan jihozlanadi

Biz bo‘lgan statsionarlarda juda yaxshi natijalarga erishilganiga guvoh bo‘ldik. Haqiqatda, reanimatsiyada ishlayotgan shifokorlar bu usulni yaxshi bilishadi va foydalanishadi. Bunday davolash usuli bemorlarning yana 15%iga agressiv rejimlardan xoli bo‘lishga, ular hayotini qutqarib, saqlab qolishga yordam bermoqda.

Afsuski, bemorlarning bir qismida kasallik agressiv formada kechadi va bir necha kun davomida o‘pkaning deyarli butun qismi zararlanadi. Bemorni intubatsiya qilish uchun o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyadan foydalanish to‘g‘ri keladi (nafas olish yo‘llari o‘tuvchanligini oshirish uchun troxeyaga maxsus trubkaning kiritilishi - tahr.) va invaziv sun’iy ventilyatsiya amalga oshiriladi. Davolashning bu usuli ko‘pincha o‘lim bilan yakunlanishi haqida gapirganda, bemorlar avval boshdan og‘ir ahvolda bo‘lishlari va bu usulsiz omon qolmasliklarini tushunish kerak. Ularning o‘pkalari shu darajada lat yeganki, bemorlar o‘zlari mustaqil nafas ololmaydilar. Shuning uchun bu ular hayotini saqlab qolishga bo‘lgan yana bir urinish hisoblanadi. Biz 10 bemordan besh nafarini qutqarib qololsak - bu juda katta yutuq. Bunday o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasiz bu guruhda tirik qolganlar umuman bo‘lmas edi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Ha, ushbu metodning o‘zi va bemorning IVL apparatiga o‘tkazilishi kasallik og‘ir tus olganini anglatadi. Bunday holatlarda o‘lim ko‘rsatkichlari haqida emas, qutqarilgan hayotlar haqida gapirish o‘rinli bo‘lardi. Hech kim bemorni shunchaki IVLga o‘tkazmaydi. Bu borada O‘zbekiston shifokorlari bilan pozitsiyamiz bir. Ular o‘pkani invaziv ventilyatsiya qilish usulidan kamdan-kam holatlarda foydalanadilar va ko‘proq boshqa turdagi davolash usullaridan foydalanishga harakat qilishadi. Bunday yondashuv muvaffaqiyati statistikada o‘z tasdig‘ini topadi. Bu yerda barcha zamonaviy metodlar joriy etilgan va biz borgan har bitta statsionarda mavjudligiga guvoh bo‘ldik, shu uchun ham mamlakatdagi davolashning umumiy natijalari juda yaxshi.

Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni 2 sutka ichida yo‘q qiluvchi preparat topildi 

— Koronavirusni gidroksixloroxin bilan davolashga munosabatingiz?

— Ushbu preparat nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada ham qo‘llaniladi. Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalarining eng so‘nggi, yettinchi tahrirdagi nashrida ham u mavjud. Gidroksixloroxinga nisbatan munosabat munozarali, bu menimcha, individual va ommaviy sharoitda qo‘llanilishda preparat ta’sirida ko‘plab juda katta farqlar borligi bilan bog‘liq. Gidroksixloroxin - bu preparat bemorni infeksiyadan himoya qilmaydi, lekin bu kasallik og‘ir asoratlarini kamaytirishi mumkin.  Birinchi alomatlar paytida, yengil shakllarda, kasallikning og‘ir shakllarini rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shifokorlar hanuzgacha undan foydalanishni tavsiya qilishadi.

Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennie preparati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qanday preparat samara bermoqda

Albatta, tavsiyalar doimo o‘zgarib turgan. O‘zbekistonda tavsiyalarning 6 ta nashri mavjud deb aytmoqdamiz, hozir yettinchisi tayyorlanmoqda. Rossiyada ham tavsiyalar soni taxminan shuncha. Shunday qilib, butun dunyoda, barcha jamoat tashkilotlari, yangi tadqiqotlar paydo bo‘lishi bilan oyda bir marta o‘z qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqadilar. Gidroksixloroxinga kelsak, uning o‘z salbiy ta’sirlari bor:  u yurak mushagiga salbiy ta’sir qiladi va bemorda ma’lum bir patologiya mavjud bo‘lsa, u aritmogen ta’sir yoki blokirovkani keltirib chiqarishi va bu o‘z navbatida o‘limga olib kelishi mumkin. Shu uchun, ommaviy taqqoslashda, undan yuzaga keladigan o‘lim darajasi boshqa davolash usullariga qaraganda ancha yuqori bo‘ldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin
Rossiyalik reanimatolog: O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyskiy vrach-reanimatolog Mixail Zamatin

Shuni hisobga olgan holda, bemor elektrokardiogrammasi muntazam ravishda tekshirilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida baho berilib, ularning oldi olinadigan holatdagina ushbu preparatni qabul qilishga ruxsat etilishi mumkin. Undan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar bor, unga amal qilish kerak. Odamlar preparatni  xarid qilib, mustaqil ravishda qabul qilishni boshlaganlarida, shunda og‘ir asoratlar vujudga kelganini ko‘rmoqdamiz. Bu faqatgina gidroksixloroxinga tegishli emas. Agar shifokorlar EKG monitoringini ta’minlay olsalar, unda ushbu preparat qator bemorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. U ishlatilib kelinmoqda va hozircha muomaladan to‘liq chiqarilmagan. Og‘ir holatlarda, bemor jonlantirish bo‘limiga tushganida, bu preparat qo‘llanilmaydi.

Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni davolashda xavf tug‘diradigan dorilar qaysiligi aytildi

—Aytgancha, o‘z-o‘zini davolash haqida, bu ko‘rinib turibdiki, ko‘plab davlatlar uchun aktual muammo. Buning asosiy xavfi nimada? Shifokorga borish shartmi yoki uy sharoitida ham davolanishning imkoni bormi?

— Haqiqatda, asosiy xavf – bu bemor aptekada topa olgan dorilarning mustaqil qabul qilishi. Hozir odamlar yanada o‘qimishli bo‘lib ketgan: ular maxsus adabiyotni o‘qishadi, internetdagi maqolalardan foydalanishadi, shundan so‘ng qo‘llanma sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalarini olishadida, mustaqil ravishda davolanishga harakat qiladilar. Ammo bu materiallarning barchasi statsionarlar uchun mo‘ljallangan, davolashning butun boshli jarayoni esa shifokor tomonidan doimiy kuzatuvni ko‘zda tutadi. U yerda turli davolash sxemalari mavjud bo‘lib, mutaxassis ular orasidan muayan bemor uchun eng optimal variantini tanlab oladi.

Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

Uy sharoitida esa, qo‘rqib qolgan vaqtlarida, odamlar haqiqatda qo‘liga ilinganini xarid qilishga o‘tishadi. Natijada, ikkita alternativ sxema o‘rniga birdaniga ikkitasi ham, yoki ba’zi holatlarda uch-to‘rtta preparatlar bir vaqtning o‘zida qabul qilinadi, bemor statsionarga kelgan vaqtida esa gospitalizatsiya sababini aniqlashtirishda qiyinchilik tug‘iladi - bu bir guruh preparat - gormonlar, antibiotiklar, antikoagulyantlar, antiagregantlarning nazoratsiz qabul qilinishi oqibatlaridir va bularning barchasi bir vaqtning o‘zida organizmga katta dozalarda kelib tushadi. Aksariyat holatlarda bunday davolanishlar sog‘likka jiddiy putur yetkazadi. Ko‘pincha bemorlardagi asoratlar nafaqat bevosita kasallik tufayli, balki dorilarning nazoratsiz qabul qilinishi tufayli ham yuzaga keladi.

— Kasallikning yengil formasida qanday preparatlar yoki muolajalarni qo‘llash mumkin?

— Kasallikning har qanday shaklida birinchi navbatda shifokorni chaqirtirish kerak. Ushbu kasallik shu qadar ko‘p nozik jihatlarga ega, xilma-xilligi tufayli barcha uchun universal davolash retsepti mavjud emas. Hozircha, birgina "Favipiravir" preparati samaradorligi isbotlandi,uni barcha virusga qarshi preparatlar singari, kasallikning birinchi alomatlarida qabul qilish mumkin. "Remdesivir"dan foydalanishning ijobiy natijalari bor. O‘zbekistonda ushbu preparatlarning ikkalasi ham bor va biz preparatni qabul qilishning ijobiy tajribasini bilamiz, ammo ularni kasallikning 10-20 kunida emas, balki birinchi belgilar paydo bo‘lganda qabul qilish kerak.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning yangi COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida batafsil

Spetsifik davolash mana shu ikki preparat bilan kechadi, qolgan barchasi - oddiy isitmani tushiruvchi, balg‘am haydovchi dorilar, ko‘p suv ichish va vitaminlar qabuli. Bu umumiy tavsiyalar. Gormonal preparatlarni qabul qilish juda xavfli. Bu ayniqsa, ilk 7-8 kunlarda agar shunday qilinsa, eng noto‘g‘ri va negativ qarorlardan biri bo‘ladi. Sababi, bu vaqtda immunitet shakllanadi, sog‘lom organizm virusga to‘g‘ri javob beradi, u bilan kurashadi. Gormonal preparatlar immunitetni bloklaydi, va bemorlar yengil formadan o‘rtacha og‘ir holatga o‘tib, ularning davolanish muddati ancha cho‘ziladi.

Yangiliklar lentasi
0