TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekistonlik hamkasabalariga yordam berish uchun kelgan rossiyalik shifokorlar qaysi klinikalarda nima ishlar bilan shug‘ullanmoqda?
Ushbu savolga bugun AOKAda bo‘lib o‘tayotgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi.
- Mutaxassis aytishiga qaraganda, rossiyalik shifokorlar quyidagi tibbiy muassasalarda faoliyat yuritmoqda:
- Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti;
- Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida;
- Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida;
- Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalarda
Rossiyalik shifokorlar maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda og‘ir bemorlarni konsultatsiya qilish, o‘zaro tajriba almashish bilan shug‘ullanmoqdalar.
Undan tashqari O‘zbekiston olimlari, yuqori malakali mutaxassislari ishlab chiqqan protokollar, tavsiyalar hamda bemorlarni kasallik kechishi bo‘yicha saralash algoritmi bilan tanishib chiqmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz 16-avgust kuni Rossiyadan 38 nafar shifokor koronavirusga qarshi kurashda hamkasabalariga yordam berish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Ular bir oy davomida o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan tajriba almashishadi.